QUYOSH TELESKOPI

QUYOSH TELESKOPI — Quyoshni ku zatish uchun moʻljallangan teleskop. Obyektivining diametri va fokus masofasi kichikroq boʻlgan ixcham Quyosh teleskopi quyosh tojini kuzatishga moʻljallangan koronograflar, interferension-polyarizatsion filtrli fotosferali va xromosferali teleskoplar (Quyoshni Nd vodorod chizigʻi yorugʻligida kuzatishga imkon beradi)dan iborat. yirik Quyosh teleskopi Quyosh yorugʻligini qoʻzgʻalmas teleskopga uzatadigan, harakatlanuvchi yassi koʻzgular tizimi bilan hamda Quyoshni tadqiq qilish uchun moʻljallangan turli asboblar (fotokameralar, yorugʻlikni fotoelektrik qabul qilgichlar, spektrograflar, magnitograflar) bilan jihozlanadi. Optik oʻqning yoʻnalishiga koʻra, Quyosh teleskopi gorizontal va minorali turlarga boʻlinadi. Zaryad aloqaga asoslangan matritsali Quyosh teleskopi ancha gakomillashgan. Shunday Quyosh teleskopi Oʻzbekiston FA Astronomiya institutitsa bor.


Lotin alifbosida maqola: QUYOSH TELESKOPI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QUYOSH
KOʻZGU
YER
ASTRONOMIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты