QUYOSH ENERGETIKA QURILMASI

QUYOSH ENERGETIKA QURILMASI — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika qurilmasi bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasida issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasi energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (q. Quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasi boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasi koʻpincha Quyosh energetika st-yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi.

Quyi t-rali Quyosh energetika qurilmasida tabiiy zichligi — – 0,8 kVt/m2 quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasi yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past t-rada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va b.) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi.

Yuqori t-rali Quyosh energetika qurilmasida quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102—104-marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (q. Geliokonsentrator).

Quyosh energetika qurilmasi yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasi tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasidan yer sunʼiy yoʻddoshlari va b. kosmik apparatlarini mus-taqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi (yana q. Gelioqurilma).


Lotin alifbosida maqola: QUYOSH ENERGETIKA QURILMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ISSIQLIK ENERGETIKASI
ENERGETIKA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты