PUFAKOYOQLILAR

PUFAKOYOQLILAR (Physopoda), po-pukli qanotlilar (Thysa-noptera) , tripelar — hasharotlar turkumi. Uz. 0,5—2 (baʼzan 14) mm. Qanotlari ingichka, 2 juft, baʼzan boʻlmaydi. Qanotlarining qirrasi boʻylab mayda tuklardan iborat popuklari joylashgan. Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi. 2 mingdan ortiqturi bor. Oʻsimliklarning guli, bargi, mevasida, moxlar va daraxtlar poʻstlogʻida yashaydi. Oʻsimlik shirasi bilan ozikla-nadi, baʼzi turlari yirtqich. Murak-kab metamorfoz (gipermetamorfoz) orqali rivojlanadi. Oʻsimlik toʻqimalari, gullari, barglari, qoʻltigʻiga tuxum qoʻyadi. Rivojlanishi 2—3 oy davom etadi. Bir qancha turlari q. x. ekinlariga zarar yetkazadi; ayrim turlari viruslar va zamburugʻ kasalliklarini oʻsimliklarga yuqtiradi.


Lotin alifbosida maqola: PUFAKOYOQLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VIRUSLAR
Ulug'bek Ismailov - Guli
METAMORFOZ
TOSHKENT
Izzatbek Qo'qonov - Guli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты