QULUPNAY

QULUPNAY, yertut — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; rezavor ekin. Yevrosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Asosan bogʻ Q., turi, shuningdek: oʻrmon Q. i, muskat taʼmli q., virginiya Q. i va chili Q. i. — Q. ning birinchi navlari 18-a. da Niderlandiyada paydo boʻlgan. 2 ame-rika turi — virginiya va chili Qulupnayi Yevropaga olib kelingan. Q. Yer sharining turli iqlimli mintaqalarida — Qutb doirasidan to subtropiklargacha oʻstiriladi. Oʻzbekistonda koʻproq bogʻ Qulupnayi turi ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Tupi oʻrtacha shoxlangan, boʻyi 10 sm gacha. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan. 2 jinsli oq yoki oqish-sariq, oʻzidan changlanadi. May-iyunda pishadi. Mevasi toʻq qizil, baʼzan naviga qarab oq (oqpar), 3—5 g dan 20—40 g gacha. Tarkibida 80— 90% suv, 7-11% qand, 0,8—1,6% kislota, 1 — 1,7% pek-tin, 0,9—1,2% azotli moddalar, shuningdek, kletchatka, kul, A, V, S vitaminlari va b. bor. Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Qulupnay namtalab, yorugʻsevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Bir yerda 4 — 5 yil oʻstiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 80—100 s/ga. Asosan, iyul—avg. da ildiz otib, barg yozgan gajaklari qator orasi 80 sm, tup orasi 25 sm yoki 70×70 sm sxe-mada koʻchat qilib ekiladi (kuzda va bahorda ham ekish mumkin, bunda kechroq hosilga kiradi). Yaxshi koʻchat ikki yillik qulupnayzordan olinadi. qulupnayzor bahorda, oʻsuv davrida mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi, qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi.

Oʻzbekistonda Qulupnayning Zenga-Zengana, Kulver, Dilbar, Muto, Toshkent, Shreder xotirasi, Oʻzbekiston navlari ekiladi.

Asosiy zararkunandalari: qulupnay kanasi, malina va qulup-nay uzunburuni.

Kasalliklari: qulupnay nema-todasi, kulrang chirish, oq-qoʻngʻir dogʻlanish.


Lotin alifbosida maqola: QULUPNAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
CHILI
XITOY
OKEAN
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты