PYERO DELLA FRANCHESKA

PYERO DELLA FRANCHESKA (Piero della Francesca) (taxm. 1420 — Toskana — 1492) — italyan rassomi, sanʼat nazariyotchisi, Umbriya maktabining yirik namoyandasi. Pyero della francheska F. ijodiga obrazlarning ulugʻvorligi, shakllarning hajmdorligi, koloritning shaffofligi, makonni tadrijiy perspektivali qurilishi kabi badiiy xususiyatlar xos; asarlari rangdor va serjilva, nurga boyligi bilan ajralib turadi. Pyero della francheska F. Aressodagi San-Franchesko cher-kovi devorlariga ishlagan freskalar turkumi diqqatga sazovor («Imperator Konstantinning tushi» va b., 1452 — 66), «Isoning choʻqintirilishi» (1450—55), «Federigo da Montefel-tro portreta» (1465) va b. P. d. F. sanʼatning nazariy masalalariga bagʻishlangan asarlar ham yaratdi («Rangtas-virda perspektiva» va b.). Rassom ijo-di Italiya Uygʻonish davriga asos yaratdi hamda Venetsiya va Florensiya rangtasvir maktablarining shakllanishida muhim oʻrin egalladi.


Lotin alifbosida maqola: PYERO DELLA FRANCHESKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
FRANSIYA
UYGʻONISH DAVRI
YUNONISTON
Zamir - San-san


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты