PYERO DELLA FRANCHESKA (Piero della Francesca) (taxm. 1420 — Toskana — 1492) — italyan rassomi, sanʼat nazariyotchisi, Umbriya maktabining yirik namoyandasi. Pyero della francheska F. ijodiga obrazlarning ulugʻvorligi, shakllarning hajmdorligi, koloritning shaffofligi, makonni tadrijiy perspektivali qurilishi kabi badiiy xususiyatlar xos; asarlari rangdor va serjilva, nurga boyligi bilan ajralib turadi. Pyero della francheska F. Aressodagi San-Franchesko cher-kovi devorlariga ishlagan freskalar turkumi diqqatga sazovor («Imperator Konstantinning tushi» va b., 1452 — 66), «Isoning choʻqintirilishi» (1450—55), «Federigo da Montefel-tro portreta» (1465) va b. P. d. F. sanʼatning nazariy masalalariga bagʻishlangan asarlar ham yaratdi («Rangtas-virda perspektiva» va b.). Rassom ijo-di Italiya Uygʻonish davriga asos yaratdi hamda Venetsiya va Florensiya rangtasvir maktablarining shakllanishida muhim oʻrin egalladi.