POʻLAT

POʻLAT (fors.-toj.) — temirning uglerod (2% gacha) va b. elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik Poʻlatning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganes, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan Poʻlatlar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganes Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. Poʻlatning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Poʻlat toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (q. Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, Poʻlat uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli Poʻlatga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganes, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) Poʻlatlar kiradi (q. Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali Poʻlat zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va b. sifatlarga ega boʻladi.

Poʻlat suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq Poʻlat konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va b. pechlarda oli-nadi. Plastik Poʻlat pudlinglab olinadi (q. Pudlinglash). Qattiq holatdagi Poʻlat temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.

Xom ashyo sifatida domna choʻyani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida choʻyan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida Poʻlat hosil boʻladi. Lozim boʻlsa (mas, legirlangan poʻlat olishda), P. tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qoʻshiladi. Fosfor va oltingugurt Poʻlatning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli Poʻlat ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos xarakterli flyusdan foydalaniladi.

Poʻlatni qaytarish, yaʼni uning tarkibidagi kislorod mikdorini kamaytirish uchun suyuq Poʻlatga qaytaruvchilar (tarkibida Mp, Si, Al, Ca boʻlgan qotishmalar) qoʻshiladi. Ular temir ok-sidi tarkibidagi kislorod bilan birikib, uni tozalaydi. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) ustiga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga binoan, Poʻlat tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab boʻladi. Poʻlat ishlab chiqarish tayyor ggoʻlatni kovshlar yordamida maxsus metall qoliplarga kuyish b-n yakunlanadi.

Dunyo miqyosida Poʻlat ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20—25 foizini tashkil etadi. Poʻlat qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va b. sohalarda qoʻllaniladigan asosiy material hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: POʻLAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASBOBSOZLIK POʻLATI
CHOʻYAN
YER
POʻLATNI TOBLASH
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты