POʻSTLOQXOʻRLAR

POʻSTLOQXOʻRLAR (Ipidae, Scolytidae) , poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. 3000 dan ortiq turi bor, keng tarqalgan. Poʻstloqxoʻrlar chin P., lubxoʻrlar va zabolonniklar (poʻstloq osti qoʻngʻizlari) guruxlariga boʻlinadi. Ularning ayrim turlari poʻstloq ostida, baʼzilari poʻstlokda, boshqalari yogʻochda yoki ildizda, oʻtsimon oʻsimliklar poyasida, ayrim tropik turlari meva va urugʻlarda yashaydi. Tanasi kichik (0,8— 3,5 mm), qoʻngʻir yoki qora, moʻylovi ilgaksimon, oyoklari 4 boʻgʻimli. Oʻzbekiston sharoitida, asosan, burishgan poʻstloq osti qoʻngʻizi (Scolytus ragulosus Ratz.) va gʻarb togʻ poʻstloqxoʻri (Xyleborus dispar F.) turlari keng tarqalgan.

Kurash choralari: zararlangan va qurigan shoxlarni qirqish va yoqib yuborish, daraxt tanasini shox va lishay-niklardan tozalash, oʻz vaqtida sugʻorish va oʻgʻitlash. Kvark (6,9—13,8 l/ga), zolon (2,0—4,0 l/ga) va b. kimyoviy prepa-ratlar bilan ishlov berish. Koʻngʻizlarning uchishi davri oldidan daraxtlar tanasini ohak eritmasi bilan oklash, 0,2% li karbofos eritmasi purkash va b.


Lotin alifbosida maqola: POʻSTLOQXOʻRLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YER
TOSHKENT
FRANSIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты