QURILISH MATERIALLARI SANOATI

QURILISH MATERIALLARI SANOATI — uy-joy qurilishi, sanoat, q. x. va b. dagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va b. Q. m. s. ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.

Qadimda gʻisht, cherepitsa, sopol plita, sopol vodoprovod quvurlari, gips va ohakli yopishqoq materiallar va b. qurilish materiallari maʼlum edi. 19-a. ning 1-choragida mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton i. ch. va ularni ishlatishga sharoit yaratdi. 19—20-a. larda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Qurilish materiallari sanoati mahsulotlari tur tarkibi va i. ch. hajmlari yuqori surʼatlarda yuksaldi.

Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllanilgan.

Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi sanoat tarmogʻi sifatida 20-a. boshlarida paydo boʻldi. 1913-y. da hoz. Oʻzbekistonda jami 20 dan koʻproq kichik gʻisht z-dlari, ohak va alebastr i. ch. korxonalari ishlagan. 20-a. ning 20-y. laridan boshlab dastlabki Qurilish materiallari sanoati korxonalari (sement, gʻisht z-dlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari korxonalari barpo etildi.

21-a. boshida respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish materiallari sanoatida sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konst-ruksiyalari va b. ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi.

Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xoʻjaligining qurilish materi-allariga boʻlgan talabini toʻla qondi-radi. Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-y. da Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti i. ch. ning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoati salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsa-tadigan eng yirik tashkilot «Oʻzqu-rilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi (1997-y. da tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obyektlar qurilishini barcha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi.

2003-y. da respublika Q. m. s. da (yirik va oʻrta korxonalar boʻyicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming km2 ichki devorlarni qoplashga moʻljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln. dona shartli taxta shifer, 360 ming m2 linoleum, 6434,5 ming m2 deraza oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi (2004-y. da 31,7 mln. AQSH dollari).

Erkin Akramov.


Lotin alifbosida maqola: QURILISH MATERIALLARI SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
CHINNI-FAYANS SANOATI
TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR
YER
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты