CHINNI-FAYANS SANOATI — chinni, fayans va b. nafis keramika maxsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Uyroʻzgʻorda ishlatiladigan chinni buyumlar va badiiy chinni mahsulotlar, fayans, yarim chinni va mayolika mahsulotlari i. ch. ni qamraydi. Chinni-fayans sanoati mahsulotlari roʻzgʻorda, ayrim sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Chinni idishlar tayyorlash qad. Xitoyda 4—6-a. larda paydo boʻldi. Yevropada birinchi chinni zdi 1710-y. da Meysen (Germaniya)da, Rossiyada 1744-y. da qurilgan. Oʻzbekistonda Chinni-fayans sanoati s, asosan, 20-a. ning 50-y. laridan rivojlana boshladi. Unga qadar Oʻrta Osiyoga chinni buyumlar qadimdan Xitoy va Erondan, 19-a. ning 2yarmidan boshlab Rossiyadan keltirilgan. Roʻzgʻorda, asosan, mahalliy kulollar tayyorlagan sogyul idishlar (piyola, kosa, lagan, xum, xurmacha, chiroqdon va b.)dan foydalanilgan (q. Kulolchilik).
1952-y. da Toshkent chinni zdida milliy bezakli chinni buyumlar ishlab chiqarila boshladi. 1970-y. da yillik i. ch. kuvvati 22 mln. dona mahsulot boʻlgan Samarkand chinni zdi, 1978-y. da yillik i. ch. kuvvati 29 mln. dona mahsulot boʻlgan Quvasoy chinni zdi ishga tushirildi. 1967-y. da Angren keramika kti ishga tushirilishi bilan respublikada turli xil fayans va chinni plitkalar va sanitariyaqurilish mahsulotlari i. ch. yoʻlga qoʻyiddi.
20-a. ning 70-y. lari oʻrtalarida Oʻzbekiston Ch. f. s. da 40,5 mln. dona chinni mahsulotlar (shu jumladan, 0,44 mln. dona sanitariyaqurilish buyumlari) ishlab chiqarildi. Respublika Ch. f. s. korxonalarida aholi ehtiyojlari uchun milliy uslubdagi chinni buyumlar (piyola, choynak, kosa, tarelka, lagan, koʻza, sovgʻabop toʻplamlar), qurilishda ishlatiladigan fayans plitkalar chiqariladi. Tarmoqda «Oʻzbekengilsanoat» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar: Abdurauf Ibrohimov nomidagi «Toshkent chinni zavodi» aksiyadorlik jamiyati, Samarkand «Nafis» aksiyadorlik jamiyati, «Quvasoy chinnisi» aksiyadorlik jamiyati. 2003-y. da tarmoq korxonalarida 44 mln. dona chinni mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chinni buyumlar chet ellarga eksport qilinadi. «Oq oltin», «Tong», «Uzum», «Tovus», toʻplamlari xalqaro koʻrgazmalarda oltin medallar bilan taqdirlangan.
Xorijiy mamlakatlardan Xitoy, GFR, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Chexiya va boshqalarda Chinni-fayans sanoati taraqqiy etgan. Germaniyada «Rozental», «Xuchenroyter», Fransiyada «Bernardo», «Dyupe», Buyuk Britaniyada «Uejvud», Yaponiyada «Noritake» tarmoqdagi eng yirik va tarixiy anʼanalariga ega boʻlgan firmalar hisoblanadi.
Ad.: Amindjanova M ., Sayko E., Keramika, steklo i farfor v Sredney Azii, T., 1968; Texnologiya farforovogo i fayansovogo proizvodstva, M., 1975.