QURILISH MASHINALARI

QURILISH MASHINALARI — qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarish uchun moʻljallangan mexani-zatsiya vositalari. Quriladigan bino va inshootlar oʻrnini tayyorlash, yer tekislash va qazish ishlarini bajarish, yoʻl qurilishi, yigʻma konst-ruksiyalarni montaj qilish, burgʻilash, ustun-qoziq qoqish, armaturalar tayyorlash va ularni payvandlash, beton qorishmasini quyish, tom yopish, pardozlash va b. ishlarni bajarish uchun moʻljallangan texnologik guruhlarga boʻlinadi.

Bino va inshootlar oʻrnini tayyorlash ishlari (gruntni yumshatish, qurilish maydonchasini butalar, daraxtlar, toshlardan tozalash) almashinadigan ish jihozlari oʻrnatilgan zanjirli traktorlar negizidagi mashinalar b~n; yer tekislash va qazish ishlari bir va koʻp choʻmichli ekskava-torlar, zovur qazigichlar, buldozerlar, skreperlar, avtogreyderlar, bir choʻmichli yuklagichlar va b. b-n; yoʻl qurilishi ishlari yer qazish mashinalari, maxsus yoʻl qurilishi mashinalari b-n; temir yoʻl qurilishidagi ishlar rels-shpal yotqizish, ballast yoyish, izlarni toʻgʻrilash mashinalari bilan bajariladi. Qoya gruntlari tayyorlashdagi burgʻilash, ruda boʻlmagan qurilish ashyolarini qazib olish, ustunqoziq oʻrnatish uchun quduq qazish va b. ishlar turli burgʻilash mashinalari yordamida qilinadi. Zamin tayyorlash ishlari ustun-qoziq qoqish jihozlari, dizel-bolgʻa, bugʻ-havo bol-gʻalari, vibrobotirgich bilan bajariladi. Beton va temir-beton ishlari domkratlar, armatura-payvandlash qurilmalari, beton qorgichlar, avto-betontashigichlar, avtobetonnasoslar, zichlagich (vibrator)lar, beton yotqiz-gichlar; tom qoplama yopish ishlari tom yopish mashinalari, mastika tashish va uzatish mashinalari; pardozlash ishlari qorishma qorgich, qorishma uza-tish nasosi, suvash-silliqlash, koshinlash-silliqlash, parketlash-silliqlash mashinalari, mexanizatsiyalashgan koʻchma boʻyoqchilik st-yalari, shpaklyovka qurilmalari bilan qilinadi.

Qurilishda yuk koʻtarish kranlari, koʻtarish-tashish, ortish-tushirish mashinalari, uzluksiz tashish va b. mashinalardan ham foydalaniladi. Qurilish mashinalaridan foydalanish ishlarini kom-pyuterlashgan robotlar yordamida boshqarish asta-sekin rasm boʻlmoqda.

Ad.: Bozorboyev N., Xushnazarov B., Qurilish mashinalari, T., 2001.


Lotin alifbosida maqola: QURILISH MASHINALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BURGʻILASH JIHOZLARI
PAYVANDLASH
YER
BURGʻILASH
EKSKAVATOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты