QURILISH QORISHMALARI

QURILISH QORISHMALARI — bogʻlovchi aralashmalar (sement, alebastr va b.) ga suv, mayda toʻldirgichlar (shagʻal, chaqiq tosh, toshqol va b.) qoʻshib tayyorlanadigan qurilish materiallari. Bir xil bogʻlovchi ishlatilgan Qurilish qorishmalari oddiy, 2—3 xil bogʻlovchi aralashma (sement, ohak va b.) ishlatilgani murakkab Qurilish qorishmalari deyiladi. Toʻldirgichlarning hajmiy ogʻirligiga qarab, yengil va ogʻir turlarga boʻlinadi. Yengil Qurilish qorishmalari uchun yengil gʻovakli materiallar (turli shlaklar, keramzit, ag-loporit va b.) ishlatiladi. Ogʻir Qurilish qorishmalari uchun tabiiy va togʻ minerallarini maydalab olingan toʻldirgichlar ishlatiladi. Ogʻir Qq. ning hajmiy ogʻirligi 1500—-2500 kg/sm3 (quruq holda), yengiliniki 1500 kg/m3 dan kam.

Qurilish qorishmalari devorbop (gʻisht va terilgan tosh, yirik panel, bloklar choklarini toʻldirishga moʻljallangan), par-dozbop (har xil suvoqlar uchun) va maxsus (gidroizolyatsiya, akustika, rent-gen nurlaridan himoya qilish uchun moʻljallangan) xillarga; siqilishga mustahkamligiga qarab, 4 dan 300 gacha 9 markaga boʻlinadi. Qurilish qorishmalarining fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash maq-sadida ularning tarkibiga 0,1—0,25% har xil qoʻshilmalar — kul, ohak, shlak, sovun, polimer smolalar va b. qoʻshiladi.

Qurilish qorishmalari z-dlarda yoki qurilishning oʻzida qorgichlarda tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari qurilishga tayyor holda va ishlatishdan oldin suv qoʻshiladigan quruq aralashma holida maxsus avtomashinalarda yoki quvurlar orqali nasoslar yordamida keltiriladi.


Lotin alifbosida maqola: QURILISH QORISHMALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QURILISH MATERIALLARI SANOATI
OKEAN
QURILISH MATERIALLARI
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты