QURTANA

QURTANA — karamguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida tarqalgan. Poyasi tik, sershox, boʻyi 40— 150 sm. Barglari uzun bandli, patsimon kesikli, tukli, navbatlashib joylashgan. Gullari yarqiroq sariq, roʻvak toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi koʻp urugʻli qoʻzoq. Ildizi oʻqildiz. May — okt. da gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 16—24° da koʻkarib chiqadi. Maysasi mart — mayda, avg. — sent. da paydo boʻladi va qishlaydi. Kuzgi don ekinlarini zararlaydi. Sabzavot-poliz ekinlari orasida, paxta dalalarida, bedazorlarda, shuningdek, ariq, yoʻl yoqalarida, uy-hovlilar atrofida, mevazor, tokzorlarda uchraydi.

Kurash choralari: kuzgi ekinlar bahorda boronalanadi, qishlaydigan begona oʻtlarning maysalari yoʻqotiladi, cho-piq qilinadigan ekinlar orasi vaqtida yumshatiladi, gerbitsidlar purkaladi.


Lotin alifbosida maqola: QURTANA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DEHQONCHILIK
BEGONA OʻTLAR
TOSHKENT
XITOY
ALMASHLAB EKISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты