RADIY (lot. radius — nur, Radium) , Ra — Mendelev darviy sistemasining II guruhiga mansub radiaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 88, at. m. 226,0254. R. massa jihatidan Yer poʻstining 1010% ini tashkil qiladi. Radiy 1898-y. da M. va P. Kyurilar tomonidan uran rudasida uranning radiaktivlik xossalarini oʻrganish paytida kashf etilgan. Radiy ikkinchi radiaktiv elementdir (birinchisi poloniy). Uran rudasining 1 t sida 0,34 g gacha Radiy boʻladi. Radiyning massa soni 213,215 va 219—230 boʻlgan 14 ta izotopi maʼlum. Bulardan eng uzoq mavjud boʻluvchi 226Ra(T1/2=1620-y.). 1910-y. da M. Kyuri va A. Debyern Radiy tuzlarini simob katod b-n elektrolizlab Radiy amalgamasini, undan simobni haydab sof Radiy olishga muvaffaq boʻldilar. Sof Radiy havoda tez oksidlanadigan kumushdek oq metall. Suyuqlanish trasi 700 — 960°, qaynash trasi 1140°, zichligi 5,5 g/sm3. R. va uning birikmalaridan doim chiqadigan nur elektr va magnit maydonida 3 tarkibiy qismga (a, r va unurlarga) ajraladi. Radiy kimyoviy xossalari jihatidan bariyga oʻxshaydi. Havoda Radiy sirti radiy nitrid Ra3N2ning qora pardasi bilan qoplanadi. Metall Radiy suvga taʼsir etganida vodorod ajralib chiqib, kuchli ishqor — radiy gidroksid (RaOH)2 hocil boʻladi. Radiy tuzlari oq rangli, lekin ular asta-sekin radioaktiv parchalanib, vaqt oʻtishi bilan sariq yoki jigarrang tuye oladi. Radiyning bir qancha kompleks birikmalari maʼlum.
Radiyning oʻsimlik organlari va toʻqimalarida toʻplanishi mineral moddalarning yutilish umumiy krnunlariga boʻysunadi va oʻsimlik turi hamda uning oʻsish sharoitiga bogʻliq. Odatda, Radiy oʻt oʻsimliklarning iddizi va yaprokdarida koʻproq boʻladi. Poʻstloq va yogʻochlikda ayniqsa koʻp.
Radiy odam va hayvonlar organizmiga ovqat hamda suv orqali oʻtadi. Odam organizmiga bir kechakunduzda kiradigan 226Ra ning miqdori 2,310~12 kyurini tashkil etadi. Organizmdagi Radiyning 80% ga yaqini (u kimyoviy xossasiga koʻra, Sa ga yaqin) suyak toʻqimalarida tuplanadi. Organizmda Radiy miqdori koʻpayib ketsa, osteoporoz, suyakning oʻz-oʻzidan sinishi va shish kasalliklari kabi yomon oqibatlarga sabab boʻladi. Tuprokda Radiy miqdori 1 10 7 — 10~8 kyuri/kg dan oshib ketsa, oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi qiyinlashadi. Radiy yorqin boʻyoqlar tayyorlashda, radon olishda koʻplab ishlatiladi. Radiy tuzlari oʻgʻitga oz miqdorda qoʻshilsa, paxta, kungaboqar, lavlagi, sabzi, bodring va b. oʻsimliklarning unumdorligi oshadi.