QOʻQON PEDAGOGIKA INSTITUTI, Muqimiy nomidagi Qoʻqon pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1931-y. yanv. da kechki ped. instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1939-y. dan Oʻqituvchilar in-ti, 1943-y. dan Xotinqiz oʻqituvchilar in-ti deb atalgan. 1954-y. dan hoz. nomda. 1943-y. okt. da Muqimiy nomi berilgan. In-tda 9 f-t (mat. va informatika, fizika-texnika, kimyo-geogr., oʻzbek tili va adabiyoti, chet tili, ped., jismoniy tarbiya, tarixhuquqshunoslik, musiqa), 26 kafedra, 13 boʻlim (maʼnaviyat va maʼrifat; oʻquv jarayoni sifatini nazo-rat qilish; ilmiy; oʻquv; axborot texnologiyalari; taʼminot; rejalashtirish; kadrlar; maxsus; mehnat muho-fazasi; texnik; xoʻjalik; sirtqi), 25 oʻquv va 1 ilmiy lab., kutubxona (220454 asar) va oʻquv zali bor (2005). In-t 16 taʼlim yoʻnalishi (mat. va informatika; fizika va astronomiya; kimyo va ekologiya; biol. va inson hayotiy faoliyati xavfsizli-gi; geogr. va iqgisodiy bilim asoslari; tarix; ped. va psixologiya; musiqiy taʼlim; oʻzbek tili va adabiyoti; ingliz tili; rus tili va adabiyoti; milliy istiqlol gʻoyasi hamda huquq va maʼnaviyat asoslari; boshlangich taʼlim va sport tarbiyaviy ish; maktabgacha taʼlim va bolalar sporti; jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; mehnat taʼlimi) boʻyicha bakalav-rlar, 3 ixtisoslik (mat., fizika, oʻzbek tili va adabiyoti) boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. In-tda 1998-y. dan aspirantura faoliyat yuritadi. 2004/05 oʻquv yili in-tda 7086 talaba taʼlim oldi, 444 prof.-oʻqituvchi, jumladan, 11 fan d-ri va prof., 88 fan nomzodi va dotsent ishladi. In-t faoliyati I. Rasulov, O. Bozorov, M. Mukarramov, H. Bobobekov va b. prof.-oʻqituvchilar nomi bilan bogliq. In-t tashkil etilgandan beri 30755 mutaxassis tayyorladi (2005).