QOʻQONSPIRT DAVLATAKSIYADORLIK JAMIYATI

«QOʻQONSPIRT» DAVLATAKSIYADORLIK JAMIYATI — spirt sanoatining yirik korxonasi. «Oʻzspirtsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qoʻqon sh. dan 7 km uzoqdikdagi Muqimiy shaharchasida joylashgan. Bugʻdoydan liker-araq, tibbiyotda ishlatiladigan tozalangan «Ekstra» va yuqori darajada tozalangan etil spirti, xalq xoʻjaligida ishlatiladigan boshqa ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1991-y. da oʻgʻitlar va sulfat kislota ishlab chiqaradigan Yangi Qoʻqon kimyo z-di (1983) negizida oziq-ovqat spirti ishlab chiqaradigan «Qoʻqon» i. ch. birlashmasi tashkil etildi. Qayta rekonstruksiya qilinib, yillik quvvati 1,8 mln. dal boʻlgan 1-navbati 1995-y. dan mahsulot ishlab chiqara boshladi. 1998-y. da 2-navbati (yillik quvvati 0,9 mln. dal) ishga tushi-rildi. 2000-y. dan ochiq turdagi aksiya-dorlik jamiyati (Ustav fondi 10127,6 mln. soʻm; aksiyalar paketining 51% davlatga, 47% chet el investorlariga, 2% mehnat jamoasiga tegishli). Mahsulotlari «Oʻzmevasabz avotuzumsanoatxolding» kompaniyasi korxonalariga yetkazib beriladi, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi. 2004-y. da 988,1 ming dal spirt ishlab chiqarildi.

Abdukarim Umarov.


Lotin alifbosida maqola: QOʻQONSPIRT DAVLATAKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO SANOATI
TOSHKENT
SPIRT SANOATI
ROSSIYA
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты