SPIRT SANOATI — oziqovqat sanoatining oziqovqat xom ashyosi (don, kartoshka, melassa)dan etil spirti (xom ashyo) va rektifikatsiyalangan spirt ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Oziqovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan spirt faqat tarkibida alkogol boʻlgan ichimliklar ishlab chiqarish. da emas, balki xalq xoʻjaligining tibbiyot, radioelektronika, parfyumeriya va b. sohalarida ham ishlatiladi. Texnika ishlarida qoʻllaniladigan etil spirtining koʻp qismi, asosan, oziqovqat uchun ishlatilmaydigan oʻsimlik moddalarini gidrolizlash va turli kimyoviy usullarda sintezlash yoʻli bilan olinadi.
Kraxmalli va qandli moddalarni bijgʻitib spirtli ichimliklar olish kadimdan maʼlum. 11-a. da Italiyada uzum vinosini haydash yoʻli bilan vino spirti olingan. 14-a. da spirt ishlab chiqarish. Fapbiy Yevropa va Rossiyada ancha rivojlangan edi. 19-a. ning oxiri —20-a. boshlarida Rossiyada yirik spirt z-dlari qurildi.
20-a. ning 90yillariga qadar Oʻzbekistonda Spirt sanoati unchalik rivojlanmagan edi. 1940-y. gacha respublikada faqat Samarqanddagi spirtaraqzdi, «Toshkentvino» k-tining spirt sexi mavjud edi, xolos. Respublika xalq xoʻjaligi uchun etil va texnik spirtlar sobiq SSSRning boshqa hududlaridan keltirilgan. 1940—90 y. larda viloyatlarda qurilgan vinoarak, z-dlarida kam miqdorda etil spirti ishlab chikarilgan. 1995-y. da etil spirti ishlab chiqarish. ni koʻpaytirish, chet eldan spirt sotib olishga barham berish maqsadida dastlab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish. ga moʻljallangan Qoʻqon mineral oʻgʻitlar z-di 1989-y. dan etil spirti ishlab chiqarish. ga ixtisoslashtiriddi. Korxona 1995-y. dan bugʻdoydan oziqovqat spirti ishlab chiqara boshladi. Uning yillik kuvvati 2464,2 ming dal rektifikat spirt (2003). 1991-y. dan Andijon biokimyo zavodi qayta ixtisoslashtirilib, 1994-y. dan etil spirti ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi (yillik quvvati 1642,8 ming dal, 2003).
Yangiyoʻl «Biokimyo» z-di 1995-y. dan bugʻdoydan rektifikat etil spirt, sholi chikindisidan texnik spirt ishlab chikaradi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Shuningdek, viloyatlarda joylashgan vinoaraq z-dlarida ham etil spirti ishlab chiqariladi.
Respublikada ishlab chiqarilayotgan oziqovqat spirti, asosan (80%), ichki bozorni — «Oʻzmevasabzavotuzumsano atxolding» kompaniyasining vinoaraq korxonalarini, «Doridarmon» aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalarini, «Oziqovqat sanoati» uyushmasi va b. korxonalar ehtiyojlarini taʼminlaydi. 1999-y. dan oziqovqat spirti Markaziy Osiyo hududidagi boshqa davlatlarga eksport qilinadi.
Oʻzbekiston S. s. korxonalarida 4032,8 ming dal xom ashyo etil spirti, shu jumladan, «Oʻzkimyosanoat» davlataksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida 2637,1 ming dal oziqovqat spirti ishlab chikarildi (2002).
Rivojlangan mamlakatlarda Spirt sanoati s, asosan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Braziliya kabi davlatlarda taraqqiy etgan. AQSHda «Shenli distillere», «Jozef E. Sigrem End sane», «Barton distilling»lar etil spirti ishlab chikaruvchi asosiy firmalar hisoblanadi. Germaniya, Fransiya va b. mamlakatlarda oziqovqat spirti ishlab chikaruvchi z-dlar, asosan, davlat monopoliyasi tarkibiga kiradi.
Anatoliy Voznenko.