QOʻQON SHAHAR OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI

QOʻQON SHAHAR OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI — Qoʻqon sh. dagi madaniy-maʼrifiy muassasa. 1925-y. Xudoyorxon oʻrdasida Fargʻona okrug oʻlkani oʻrganish muzeyi nomi bilan tashkil etilgan; 1930—57 y. larda Qoʻqon rayonlararo oʻlkani oʻrganish muzeyi. 1958-y. dan hoz. nomda. Muzeyda tabiat, tarix, qad. davr tarixi, yangi davr tarixi, sanʼ-at, ommaviy ishlar boʻlimlari, kutubxona (7 ming dona kitob) bor; fon-dida 37 ming dona eksponat saqlanadi (2004). Muzey ekspozitsiyasi Qoʻqon sh. tarixi, Fargʻona vodiysi tabiati, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, madaniyatini atroflicha aks ettiradi. Muzeyning 4 boʻlimi faoliyat koʻrsatmoqda: Qodirjon Haydarov uy-muzeyi, Jome amaliy sanʼat muzeyi, Muqimiy uy-muzeyi, Hamza uy-muzeyi.


Lotin alifbosida maqola: QOʻQON SHAHAR OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TARIX
FRANSIYA
XITOY
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты