RADIOGEOLOGIYA

RADIOGEOLOGIYA, yadroviy geologiya — geologiyaning Yer modsasida tabiiy yadroviy oʻzgarish qonuniyatlarini va ularning geologik jarayonlarda namoyon boʻlishini oʻrganuvchi sohasi. «R» terminini fanga 1937-y. V. I. Vernadskiy kiritgan. Radiogeologiya yadro fizikasi, geokimyo, radiokimyo va kosmokimyo, geofizika bilan uzviy bogʻlangan. Bu soha asl Radiogeologiya, izotop geologiya va mutlaq geoxronologiya (geoxronometriya) ga boʻlinadi. Asl. Radiogeologiyaga radioaktiv yemirilish jarayonlari muhim boʻlgan barcha geologik jarayon va hodisalar kiradi. Radiogeologiya tabiiy elementlar izotop tarkibining evolyutsiyasini oʻrganadi. Radioaktiv parchalanish tezligiga qarab minerallar va tok jinslarining mutlaq yoshi aniqlanadi (yana q. Massspektroskopiya); shunga asoslanib Yerda uning geologik tarixi davomida sodir boʻlgan geologik jarayonlarning ketmaketligi tiklanadi. Shuningdek, Radiogeologiya vazifasiga Yer pustila aksariyat Yer geotermikasi belgilovchi radioaktiv parchalanish jarayonining energetika balansini oʻrganish; foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilishning radiometrik metodlari asoslarini yaratish; Yer pusti va atmosferada kosmik nurlanish taʼsirida boʻladigan yadro reaksiyasini oʻrganish kiradi. Radiogeologiyaning bu soʻnggi yoʻnalishi kosmogoniya — Koinot rivojlanishi jarayonida atom yadrosi evolyutsiyasini aniqdash bilan umumiy vazifani hal etadi.


Lotin alifbosida maqola: RADIOGEOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOLOGIYA
RADIOKIMYO
FIZIKA
YADRO FIZIKASI INSTITUTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты