RADIOPRIYOMNIK

RADIOPRIYOMNIK (radio… va rus. priyomnik — qabul qilgich) — radiouzatkich yordamida fazoga tarqatilgan radiotoʻlqinlarni qabul qiladigan va kuchaytirib beradigan qurilma. Birinchi boʻlib A. S. Popov qabul qilingan signallarni telegraf lentasiga yozib olish uchun oʻz apparati sxemasiga Morze apparatinn ulagan. 1902-y. da Markoni firmasi (Italiya) magnitli detektor ishlab chiqardi. 1905-y. da R. Feosenden (AQSH) elektrolitli detektor yaratdi, 1906—08 y. larda kristalli detektor keng tarqaldi, natijada detektorli priyomniklar yasaldi. Rus radiohavaskori O. V. Losev 1922-y. da Radiopriyomnikning yangi tipi — kristadinni yaratdi. Katodli lampalar ishlab chiqarilgandan soʻng elektron lampali Radiopriyomnik yaratildi. Dastlabki lampali Radiopriyomnik Angliya va Fransiyada 1915-y. da paydo boʻldi. Keyinchalik regenerativ Radiopriyomnik, supergeterodin Radiopriyomnik, refleks R. yaratildi. 20-a. 50-y. larida tebranishlarni generatsiyalash va kuchaytirish uchun yarimoʻtkazgich asbob (tranzistor) lardan keng foydalanila boshlandi. Keyinchalik bosma sxemali Radiopriyomniklar racm boʻldi.

Radiopriyomnik antennasida turli radiotoʻlqinlardan hosil boʻlgan e. yu. k. ichidan radiostansiya kerakli signallarni ajratadi, kuchaytiradi va tovush eshittirish apparati (radiokarnay, telefon, telegraf apparati va b.)ga taʼsir qiluvchi ancha past chastotali e. yu. k. ga aylantiradi (detektorlaydi). Bu funksiyalarni Radiopriyomnik tarkibiga kiruvchi, kerakli chastotaga sozlovchi chastotali selektiv rezonans zanjirlari (tebranish konturli elektr filtrlar, hajmiy rezonatorlar), elektr tebranishlarini kuchaytirgichlar va detektorlar bajaradi. Bulardan tashqari, Radiopriyomnikda avtomatik rostlash zanjiri, qabul qilingan axborotlarni eshittirish (karnay, kineskop) va Radiopriyomnik ishini tekshirish (oʻlchash asboblari, indikatorlar) jihozlari boʻladi.

Qabul qilinadigan signallarni modulyatsiyalash (oʻzgartirish) turiga qarab, Radiopriyomnik detektorli, amplitudali, chastotali, fazali yoki boshqa tipda boʻlishi mumkin. Radiopriyomnik ishining asosiy koʻrsatkichlari: sezgirligi — kuchsiz radiosignallarni qabul qilish xususiyati; selektivligi — foydali signallarni begona radiochastotali tebranishlar (radioxalaqitlar)ni bir necha martagacha pasaytirib, ulardan ajratib olish xususiyati; barqarorligi — qoʻshimcha operatsiyalarni, Mas, sozlash, qayta ulash va b. ni bajarmay uzluksiz qabul qilishni taʼminlash xususiyati.

Radiopriyomnik vazifasiga (radioeshittirish, televizion, aloqa, radiolokatsion va b.), radiotoʻlqinlarni qabul qilish usuliga (supergeterodin, regenerativ va b.), ish turiga (telegraf, telefon radiopriyomnigi va b.), modulyatsiyalash usuliga (q. Modulyatsiya), qabul qiladigan radiotoʻlqinlar diapazoniga, energiya b-n taʼminlanish usuliga (oʻzgaruvchan tok tarmogʻi, batareya va b.) qarab xillarga ajraladi.

Har qanday Radiopriyomnik quvvati, sezgirligi, signallarni tanlovchanligi va b. xususiyatlar bilan ifodalanadi.


Lotin alifbosida maqola: RADIOPRIYOMNIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
FRANSIYA
XITOY
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты