SABZI

SABZI (Daucus) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub ikki, qisman bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Sning 60 dan ortiq turi bor. Bir turi (D. carota) — madaniy Sabzi ekiladi. Bu tur Gʻarb (Oʻrta Yer dengizi havzasidan kelib chiqqan 4 turxil — karotinli, sariq, oq, binafsharang Slar) va Osiyo (Afgʻoniston va unga yaqin hududlardan kelib chiqqan 6 tur xil — sariq, binafsharang, qizil, toʻq binafsharang, pushti, oq Slar) kenja turiga boʻlinadi.

Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda karotinli navlari yetishtiriladi. Dehqonchilikda mil. av. 2ming yillikdan maʼlum. Xitoy, Fransiya, Italiya, Rossiya va b. mamlakatlarda koʻp ekiladi. Jahon boʻyicha Sabzi ekin mayd. 861 ming ga, yalpi hosili 18,4 mln. t, hosildorligi 214,3 s/ga (1999). Sabzi 1-yili barg chiqarib, ildizmeva beradi, 2-yili gulpoya chiqarib urugʻ beradi. Sabzi namsevar (ayniqsa, unish, gullash va ildiz-meva tugish davrida), yorugʻsevar, sovuqqa chidamli oʻsimlik (maysalari — 2° ga chidaydi). Urugʻi 4—5° da unib chiqadi. 18—20° da yaxshi rivojlanadi. Oʻsuv davri 80—110 kun. Osiyo kenja turiga kiradigan Sabzi barglari yaproqli, 3 karpa patsimon qirqilgan. Guli 2 jinsli, toʻpguli murakkab soyabon, hasharotlar yordamida changlanadi. Urugʻi mayda, 1000 donasi 1—1,5 g. Ildizmevasi sersuv, naviga qarab dumaloqroq, silindrsimon, rangi sariq, oq va baʼzan qizgʻish, och kizil, uz. 8—17 sm, vazni 30—200 g va undan ortiq. Sabzisi (ildizmevasi)da 10—12 % qand, 9,2% uglevodlar, 1,1% azotli moddalar va S, V,, V2, RR vitaminlari, 9,0 (20—25 gacha) mg% karotin bor. Sabzi inson oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Xashaki navlarining ildizmevasi rangi oq, asosan, chorvachilikda ozuqa sifatida ishlatiladi. 100 kg ildizmevasida 14 ozuqa birligi, 0,8 kg hazm boʻluvchi protein, 80 g kalsiy, 50 g fosfor bor. Sabzi oziq-ovqat va shirali ozuqa sifatida, shuningdek, boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Sabzi bir yilda 3-marta ekiladi. Ertagisi fev. oxiri—mart boshlarida, yozgisi 15-iyun—15-iyulda, qishkisi noyab. oxiri — dek. boshlarida ekiladi. Urugi 4° da 12—20 kunda unib chiqadi. Unib chiqishiga qadar suvga juda talabchan. Qator orasi 60, qatordagi tasmalar oraligʻi 15—20 sm sxemada ekiladi. Ikkinchi yaganadan keyin oʻsimliklar oraligʻi 5—7 sm boʻlishi kerak, 1 ga yerga 6—7 kg urugʻ sarflanadi. Oʻsuv davrida oʻtoq qilinadi, yaganalanadi, qator orasi yumshatiladi, oziklantiriladi, 7—12-marta sugʻoriladi. Sabzi yalpi kavlab olinadi. Hosildorligi 25—35 t/ga. Yangiligida isteʼmol qilinadi, konservalar, tibbiyotda esa Sdan turli doridarmonlar tayyorlanadi. Shim. rayonlarda va Yevropa mamlakatlarida, asosan, qizil, Markaziy Osiyo mamlakatlarida sariq S. ekiladi. Oʻzbekistonda xalq seleksiyasida Sabzining juda koʻp navlari yaratilgan. Hoz. davrda Sabzining Mushak 195 (ertapishar) va Nurli (oʻrtapishar), Mirzoy qizil 228, Mirzoy sariq 304 (oʻrta ertagi), Nant 4, Shantane 2461 (oʻrtagi) va Ziynatli, Kaskade Gʻ,, Puma Gʻ, va b. navlari va duragaylari ekiladi.

Zararkunandalari: sabzi pashshasi, kuyalar, oʻtloq parvonasi.

Kasalliklari: fomoz, alternarioz, sklerotinioz va b.

Ad.: Balashev I. N., Zeman G. O., Sabzavotchilik, T., 1982; Boʻriyev X. Ch., Abdullayev A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1989.

Abdunabi Hakimov.


Lotin alifbosida maqola: SABZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
ITALIYA
FRANSIYA
YER
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты