RAKETA DVIGATELI

RAKETA DVIGATELI (RD) — atrofmuhit (havo, suv) dan foydalanmay ishlaydigan reaktiv dvigatel. Reaktiv oqim kinetik energiyaga aylanuvchi energiyaning turiga qarab, kimyoviy, yadroviy, elektr xillariga bulinadi.

Kimyoviy RD, asosan, ikki kiyem — yonish kamerasi va reaktiv soplodan iborat. Yonish kamerasida oʻtadigan kimyoviy reaksiya natijasida yonilgʻi qizigan gazlarga aylanadi. Bu gazlar reaktiv soplolarda kengayib, katta tezlik bilan tashqariga chiqqanda reaktiv tortish kuchi vujudga keladi. Gaz kancha tez chiqsa, reaktiv tortish kuchi shuncha katta boʻladi. Bu koʻrsatkich yonilgʻining sifatiga bogʻliq. ishlashi mumkin. Qattiq yoqilgʻili RD (QYORD) bir necha yuz yildan beri maʼlum. Dastlab, yoqilgʻi sifatida qora porox, soʻngra tutunsiz porox ishlatilgan, keyinchalik murakkab tarkibli yonilgʻi ishlatila boshladi. QYORD, asosan, harbiy texnikada (raketa artilleriyasida), yaʼni turli tipdagi reaktiv qurilmalarda ishlatiladi. Juda katta oʻlchamli va juda uzoqqa uchib boradigan raketalar (Mas, qitʼalararo ballistik raketalar) kosmonavtikasz. ham qoʻllaniladi. Mas, bir bosqichli eltuvchi raketa uchun QYORD ishlatish mumkin. QYORD yuzlarcha t tortish kuchi vujudga keltira oladi.

Kosmik parvozlar uchun, asosan, suyuq yonilgʻili RD (SYORD) ishlatiladi (racm). Uni K. E. Siolkovskiy 1903-y. da taklif qilgan. Birinchi sovet SYORD Leningraddagi Gazodinamik laboratoriya (GDL)da 1930—31 y. larda yaratildi. F. A. Sander ishlab chiqqan RD suyuq kislorod va benzindan iborat yonilgʻida sinab kurildi (1933). Keyinchalik, Yer sunʼiy yoʻldoshlari uchirishni, birinchi kosmonavtlarning parvozini taʼminlagan kuchli dvigatellar (RD107 va b.) ishlab chiqildi. SYORD yonish kamerasi, reaktiv soplo, turbonasos agregati, gaz generatori, bugʻgaz generatori, avtomatik tizim, rostlash organlari, oʻt oldirish tizimi, telemetrik datchiklar, yordamchi agregatlar, rama va b. dan iborat. SYORD bir yoki koʻp kamerali bulishi mumkin. U vazifasiga koʻra, asosiy (marsh), korreksiyalovchi (tuzatuvchi), yunalishini tormozlovchi, uzgartiruvchi xillarga ajraladi.

Aralash yonilgʻili RD da yonilgʻining suyuq va qattiq komponentlaridan bir vaqtda foydalaniladi. Bunda geterogen yonilgʻi RD ning yonish kamerasiga qattiq yonilgʻi joylashtiriladi, suyuqyonilgʻi esa bakdan uzatiladi. Yadro RD da erishiladigan solishtirma tortish kuchiga qaraganda ancha katta tortish kuchi hosil kilish mumkin.

Reaktorda ajratiladigan issiklik ish jismini qizdirishga sarflanadi, chunki bunda energiya manbai va ish jismi alohidaalohida boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: RAKETA DVIGATELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
AVIATSIYA DVIGATELI
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты