RAKETA-YADRO QUROLLARI

RAKETA-YADRO QUROLLARI — yadro va termoyadro zaryadli raketalar; dushmanga zarba berishning qudratli vositasi. Raketa-yadro qurollari jang olib borish hamda strategik vazifalarni hal qilishda qoʻllaniladi. Raketa-yadro qurollari turli sinfdagi raketalarning yaratilishi hamda turlicha quvvatdagi yadro, termoyadro zaryadlarining ishlab chiqilishi bilan yuzaga keldi. Raketa-yadro qurollarida qirgʻin vositasi yadro zaryadi, nishonga yetkazish vositasi — raketa. Raketalar yer sharining har qanday nuqtasiga qisqa muddatda (40 min. ga yaqin vaqt ichida) yadro zaryadini elta oladi. Raketa-yadro qurollarining asosiy vazifasi dushmanning yadro qurollari va b. ommaviy qirgʻin vositalarini yoʻq qilishdir. Raketa-yadro qurollarini ommaviy suratda qoʻllash jang maydonida qisqa muddat ichida dushmanga hal qiluvchi zarba berish va kuchlar nisbatini oʻz foydasiga tubdan oʻzgartirish imkonini beradi.


Lotin alifbosida maqola: RAKETA-YADRO QUROLLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HARBIY SANʼAT
TOSHKENT
FIZIKA
OMMAVIY QIRGʻIN QUROLLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты