SALIB YURISHLARI

SALIB YURISHLARI – 10961270-y. larda Gʻarbiy Yevropa zodagonlari va katolik cherkovi tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Shim. Afrika) qilingan bosqinchilik urushlari. Salib yurishlarining bosqinchilik mohiyati diniy shiorlar [gʻayridin (musulmonlar)larga qarshi kurash va «xudo qabri» hamda «muqaddas yer» (Falastin)ni ozod qilish] b-n niqoblangan.

Salibchilar, odatda, kiyimlariga salib (xoch) belgisini tikib olishgan (yurishlarning nomi shundan). 11-a. ning soʻnggi choragida saljuqishshr tomonidan Vizantiyaning Kichik Osiyodagi yerlarini hamda diniy anʼana boʻyicha «muqaddas shahar» boʻlgan Quddusni egallab olishlari salibchilarning Oʻrta dengizning sharqidagi yerlarga bostirib kirishiga sabab boʻlgan. Vizantiya saljuqiylarga qarshi kurashish uchun Gʻarbdagi davlatlardan bir necha bor harbiy yordam soʻragan. Salib yurishlarining bevosita tashkilotchisi boʻlgan Rim payasi bundan foydalangan. Papalar katolik cherkovining taʼsirini kuchaytirish va kengaytirish, pravoslav cherkovini Rimga boʻysundirish maqsadida diniy fanatizmni avj oldirganlar. Salibchilarning koʻpchiligini qashshoqlashib qolgan ritsarlar, yirik senʼorlar hamda dehqonlar tashkil qilgan.

1S. yu. (1096—99) 1095-y. Klermonda papa Urban II tomonidan eʼlon qilingan. 1099-y. iyulda salibchilar saljuqiylardan Quddus (Ierusalim) sh. ni tortib olishgan va Quddus qirolligini tashkil etishgan; 2S. yu. (114749) ga 1144-y. saljuqiylarning Edessa sh. ni bosib olishlari bahona boʻlgan. Bu yurish magʻlubiyatga uchragan; ZS. yu. (1189—92)ning boshlanishiga 1187-y. Misr sultoni Salohiddin tomonidan Quddusning egallab olinishi sabab boʻlgan. Bu yurish ham barbod boʻlgan; 4S. yu. (1202—04) ni 1199-y. papa Innokentiy III uyushtirgan. Uning natijasida fransuz, nemis va italyan salibchilari dastlab Misrga moʻljallangan yurishning yoʻnalishini oʻzgartirib, xristianlar yashaydigan shaharlar — Zadar [Dalmatsiya, 1202-y. noyab., Konstantinopol (Vizantiya poytaxti, 1204-y., apr.)] ni bosib olib, Lotin imperiyasini tuzishgan.

5(121721), 6(1228—29), 7(1248 — 54), 8(1270) Salib yurishlari samarasiz boʻlgan.

1291-y. da Akra sh. ning musulmonlar qoʻliga oʻtishi natijasida salibchilar Sharqdagi mulklarini butunlay yoʻqotganlar.

Nemis zodagonlarining 12—13a. larda slavyanlar va b. Boltiqboʻyi xalqlariga qarshi yurishlari hamda 1209—29 y. larda papalik tashabbusi bilan Shim. Fransiya ritsarlarini Jan. Fransiyadagi diniy harakat qatnashchilari — albigoychilarga qarshi Albigoy urushlarini ham koʻpincha Salib yurishlari deb atashadi.


Lotin alifbosida maqola: SALIB YURISHLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VIZANTIYA
TOSHKENT
YER
XITOY
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты