REANIMATOLOGIYA

REANIMATOLOGIYA (reanimatsiya va… logiya) — organizmni jonlantirish va tasodifiy oʻlimdan saqlab qolish haqidagi fan; tibbiyotning bir boʻlimi. Reanimatologiya, asosan, shikastlanish, operatsiya paytida, shuningdek, klinik amaliyotda nafas aʼzolari, qon aylanishi, endokrin sistema, moddalar almashinuvi va b. jarayonlarning buzilishidan yuzaga keladigan ogʻir hollarda organizmning hayotiy muhim funksiyalarini boshqarish va tiklash masalalarini oʻrganadi.

Qadimdan vrachlar oʻz davridagi mavjud shifobaxsh vositalar yordamida hali yashashi mumkin boʻlgan sogʻlom organizmni tasodifiy oʻlimdan saklab qolish uchun kurashib kelganlar. Oʻrta asrlarda A. Vezaliy qamishdan yasalgan naycha bilan hayvonlarga sunʼiy nafas oddirish ustida tajribalar oʻtkazdi. 17-a. oxirlariga kelib oʻlim va organizm hayot faoliyatining tiklanish jarayonlari qonunlari oʻrganila boshlandi. Reanimatologiya tibbiyotning mustaqil ilmiyamaliy boʻlimi sifatida 20-a. oʻrtalarida shakllandi. Urush yillarida yaradorlarda uchragan gemorragik va kuchli ogʻriq taʼsirida yuz bergan shok holati hamda havo yetishmasligi sabablari va h. k. ni oʻrganish Reanimatologiyaning rivojlanishiga yordam berdi.

Reanimatologiya hozirgi zamon fani yutuqlariga, xususan, organizm turli sistemalari funksiyasining buzilishi toʻgrisida ogohlantiradigan elektron apparati xamda nafas olish va qon aylanishini saqlab turadigan apparatlar va h. k. ga tayanadi.

Oʻlim tez roʻy beradigan biologik hodisagina boʻlib qolmay, balki uzoq davom etadigan bir necha davr va holatlardan, hayotning oxirgi bosqichlari — terminal holatdan soʻng yuz beradigan jarayondir. Agar klinik oʻlim vaqti qisqa boʻlib, hayot uchun muhim aʼzolar faoliyati soʻnib ulgurmagan boʻlsa, organizmni jonlantirish, gaz almashinuvi, qon aylanishini tiklash tadbirlari koʻriladi. Buning uchun organizmning birgina sistemasi emas, balki markaziy nerv sistemasi, yuraktomir sistemasi, gaz almashinuvi, endokrin sistema va b. mufassal oʻrganiladi.

Reanimatologiyaning asosiy vazifasi hayotdan oʻlimga oʻtish davrini va tiriltirishdan soʻng oʻlimdan hayotga qaytish davrining biologik qonunlarini oʻrganish, shuningdek, terminal holatning oldini olish, jonlantirilgan organizmni davolash, oʻlim sabablari va organizmni jonlantirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashdir. Reanimatologiya patofiziologiya, xirurgiya, anesteziologiya kabi fanlar b-n chambarchas bogʻliq. Oʻzbekistondagi tibbiyot intlarida Reanimatologiya kafedralari boʻlib, u yerda Reanimatologiyaning eng dolzarb masalalari ustida i. t. ishlari olib boriladi.


Lotin alifbosida maqola: REANIMATOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
YER
KIMYO
TOSHKENT
REANIMATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты