REANIMATSIYA

REANIMATSIYA (re… va lot. animatio — jonlantirish, tiriltirish) — klinik oʻlim holatidagi (q. Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim aʼzolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida toʻsatdan yoʻqolgan yoki oʻzgargan funksiyalarini tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar majmui. Nafas olish va yurak faoliyati toʻxtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini taʼminlay olmay qolgan hollarda Reanimatsiya qoʻllaniladi. Reanimatsiya masalalarini reanimatologiya oʻrganadi. Reanimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda Reanimatsiya usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suvelektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan soʻng aʼzolar funksiyasini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga krbiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. Reanimatsiya tadbirlarini ogir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, boʻgʻilish, suvga choʻkish, termik kuyish, sovqotish va h. k. dan oʻlayotgan vaktda qoʻllash lozim. Reanimatsiyani koʻpincha «intensiv terapiya», «intensiv parvarish» deyiladi. Demak, toʻsatdan yuz beruvchi oʻlim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimatsion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Reanimatsiya oʻtkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostimulyator va h. k.) va b. apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qoʻyish), doridarmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (yaʼni, koʻkrak qafasini ochmay turib) massaj kilish, apparatsiz sunʼiy nafas oldirish va h. k. usullar qoʻllanadi. Reanimatsiyani vrach, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimatsion yordam koʻrsatadi.

Reanimatsiya chora-tadbirlarining toʻla kompleksi maxsus Reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlarida oʻtkaziladi, bu boʻlimlar nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya va b. markazlarda tashkil topsa, shu asosda tarmoklar (kardiologik, toksikologik va h. k.)ga boʻlinadi. Yirik viloyat yoki shahar kasalxonalarida tuzilgan. Reanimatsiya markazlari koʻp tarmokdi boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: REANIMATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



REANIMATOLOGIYA
TIBBIYOT
YER
YURAK
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты