REGRESS DAʼVO (qarshi daʼvo) (fu qarolik huquqi va protsessida) — karzdor yoki biron boshqa shaxs uchun majburiyatni bajargan fuqaro yoki tashkilotning toʻlangan pul summasini qoplash toʻgʻrisidagi talabi. Mas, konunga koʻra, yetkazilgan zarar uchun javobgar tashkilot yoki fuqaro, ijtimoiy sugurta organining Regress daʼvo siga binoan toʻlangan pensiya yoki nafaqa summasini qoplashga majbur.