REDUKTOR

REDUKTOR (lot. reductor — orqaga qaytaradigan) — 1) aylanma harakatni bir valdan ikkinchisiga uzatish uchun moʻljallangan qurilmamexanizm. Burovchi momentni oʻzgartirib beradi. Reduktor korpus, tishli (yoki chervyakli) va zanjirli uzatmadan iborat boʻladi. Tishli gʻildiraklar soniga qarab, Reduktorlar bir, ikki va koʻp pogʻonali boʻlishi mumkin. Mas, ikki pogʻonali Reduktor bir juft konus va bir juft silindrik shesternyalardan iborat boʻladi. Uzatish sonini oʻzgartirish mumkin boʻlgan Reduktor uzatmalar qutisi deb ataladi. Reduktor avtomobil, traktor, stanok, yuk koʻtarish hamda yoʻl qurilish mashinalari, pookat stanlaoi va b. da keng qoʻllaniladi;

2) ballon yoki boshqa idishlar ichidagi ish muhiti (gaz yoki bugʻ suyuqlik) bosimini pasaytiradigan yoki bir xidda tutib turadigan qurilma. Reduktorning asosiy elementi — reduksion klapan. Toʻgʻri va teskari ishlaydigan xillarga boʻlinadi. Reduktor gaz payvand apparatlariga, suyultirilgan gaz balloni bilan gaz plita orasiga va b. ga oʻrnatiladi.


Lotin alifbosida maqola: REDUKTOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TRAKTOR
YER
AVTOMOBIL
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты