REJISSYORLIK SANʼATI, rejissura — garmonik bir butun va muayyan yaxlitlikka ega boʻlgan tomosha, koʻrinish yaratish sanʼati (teatr, kino, telefilm, sirk va estradada). Rej. sahna asari yoki kinofilm yaratish jarayonida ijodiy xodimlar — aktyor, yakkaxon, rassom, kompozitorga (kino va televideniyeda operatorlarga ham) va yordamchi xodimlarga rahbarlik qiladi. Rejissyorlik sanʼati drama teatrida pyesa tanlash, uning gʻoyasi, janr va badiiy xususiyatlari, tasvirlanayotgan davr, muallifning ijobiy uslubini oʻrganishdan boshlanadi. Rej. asar talqini uchun saxna vositalarini izlaydi, har bir personaj xarakteri va umuman, spektakl talabiga monand aktyorlar tanlaydi, sahnaviy ritm va surʼatni belgilaydi, mizansahnalar yaratadi, rassom va kompozitor bilan hamkorlikda asarni badiiy bezash prinsiplarini ishlab chiqadi. Realistik spektakldagi yaxlit va chuqur xaqqrniylik bir-biri bilan uzviy bogʻlangan «uch haqiqat» (hayotiy, ijtimoiy va saxnaviy) asosida yaratiladi (V. I. NemirovichDanchenko). Agar rej. ulardan birini eʼtibordan chetda krldirsa, boshqalari ishonarli chiqmaydi. Rejissyorlik sanʼatida aktyor bilan ishlash muhim oʻrin tutadi. Rejissyorlik sanʼati sahna ijodining mustaqil turi sifatida ajralib chiqquniga qadar, sahnalashtiruvchi vazifasini muallif, yetakchi aktyorlar bajargan.
Uygʻonish davrida Yevropada sayyor professional teatr bilan birga muallif, aktyor va rej. vazifalarini oʻtagan truppa rahbari ham yuzaga keldi. 16—17-a. larda Rejissyorlik sanʼatining rivojiga U. Shekspir, J. Molyer, Lope de Vegalar muhim qissa qoʻshgan. Burjua maʼrifatparvarligi davrida Rejissyorlik sanʼati nazariyasi yaratila boshladi (G. Lessing, D. Didro). G. Lessingning izdoshi F. L. Shreder Gamburg teatrida birinchi boʻlib, aktyor oʻz rolinigina emas, pyesani ham toʻliqoʻrganishini joriy etdi. Bu prinsiplarni F. Talma (Fransiya) davom ettirib, Rejissyorlik sanʼatida klassitsizmdan romantik teatr tomon burilish yasadi.
Rejissyorlik sanʼati yuzaga kelishida 19-a. da Meyningen teatri rejissyorlari (L. Kornek va b.) muhim rol oʻynadi. Muallif matniga ehtiyotkorlik bilan qarash, tarixiy muqitni aniq aks ettirish, ommaviy sahnalarning uygʻunligiga erishish Meyningen rejissurasining ijobiy tomonidir.
20-a. boshlari Gʻarbiy Yevropa R. s. da formalistik oqimlar hukmron boʻldi (E. Kreg—Angliya, M. Reynxardt—Germaniya, A. Appia—Shveysariya va b.). 20-a. da Gʻarbiy Yevropa Rejissyorlik sanʼati rus rejissurasi (K. S. Stanislavskiy, V. I. NemirovichDanchenko, Ye. B. Vaxtangov, V. E. Meyerxold, A. Ya. Tairovlar) taʼsirida rivojlandi.
Rejissyorlik sanʼati unsurlari oʻzbek anʼanaviy teatrida paydo boʻlgan. U korfarmon deb atalgan. 1914-y. dan oʻz faoliyatini boshlagan yevropa shaklidagi oʻzbek teatrida yozma drama asosida ish olib boruvchi va oʻz spektakllarini bino ichida sahnada koʻrsatilishiga moʻljallab tayyorlovchi malakali rej. lar yetishib chiqa boshlaydi. Rejissyorlik sanʼatining shakllanish jarayoni A. Avloniy, Hamza, M. Majidov (Uygʻur) faoliyati bilan bogʻliq. Dastlabki sahna asarlari maʼrifatchilik, targʻibottashviqot ruhida talqin qilingan. Voqelikni hayotiy vositalar bilan naturalistik yoritish (saxnada rasmana uylar qurish, bugʻi chiqib turgan ovqat, mevacheva ishlatish, buyumlardan foydalanish kabi), personajlar xarakterlarini boʻrttirish, ijobiy qahramonlarni birinchi planda koʻrsatish bu davrda Rejissyorlik sanʼatiga xos xususiyatlardir. Moskvada ochilgan oʻzbek drama studiyasida M. Uygʻur, Ya. Bobojonov M. Muhamedovlar aktyorlik mahorati bilan birga Rejissyorlik sanʼati asoslarini ham oʻzlashtirganlar. Ular oʻsha davr rus teatrida hukmron boʻlgan barcha ok,imlarga katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa, ularga Ye. Vaxtangov va V. E. Meyerxold rej. lik uslubi kuchli taʼsir koʻrsatgan. Mannon Uygʻur boshliq eng yaxshi rej. lar badiiyestetik jihatdan eʼtiborli, realistik, kechinma, histuygʻularga asoslangan sahna asarlari («Xamlet», «Boy ila xizmatchi» singari) yaratish yoʻlidan borib, oʻzbek rej. lik maktabiga asos soldilar. Sh. Qayumov, A. Turdiyev, J. Obidov, 3. Madaliyev, V. Fayozov, X. Mustafoqulov kabi atokdi aktyorlar ham Rejissyorlik sanʼati rivojiga oʻz hissalarini qoʻshganlar. Opera teatrining tarkib topishi va taraqqiyotida rej. lardan M. Muhamedov b-n E. I. YungvaldXilkevichning xizmati katta. Hoz. oʻzbek milliy akademik drama teatri, Muqimiy teatri taraqqiyotida N. V Ladigin, A. O. Ginzburg, I. V. Radun, ayniqsa, Rejissyorlik sanʼati Hamroyev va T. Xoʻjayevlar oʻrni salmokdi boʻlib, drama, musiqali drama janrlarining professional darajaga koʻtarilishi uchun koʻp kuch sarf qilishgan.
60-y. larning oxirlaridan rej. E. Masofoyev bir guruh aktyorlar bilan «Yosh gvardiya» (hoz. Abror Hidoyatov nomidagi teatr) teatrini tashkil etib, poetik teatr yaratishga bel bogʻlaydi.
70-y. larning boshlarida teatr sahna madaniyati Yevropa darajasiga koʻtarilib, aholi maʼnaviy hayotida muhim oʻrin egallaydi. Bu davrda rej. lardan B. Yoʻldoshev, M. Ravshanov, M. Niyozmatov, R. Hamidov, K. Yoʻldoshev, B. Ixtiyorov va b. ish boshladi. Ular turli janrdagi asarlarni saqnalashtirish asosida murakkab uslubiy vazifalarni bajarishga kirishadilar, hayot haqiqatini, inson ichki dunyosini ochishda turli vositalarni ishga solib, badiiy yaxlitlikka erishadilar.
70-y. larning oxiri — 80-y. larning boshlarida Rejissyorlik sanʼati oʻzbek teatrini ichdan yangilashga erishadi, eski mavzular, teatr ijrochiligi xam yangicha jaranglay boshlaydi. Ayniqsa, 80-y. lar studiyachilik harakati kuchayib, teatrning badiiy salohiyati oshadi. Yosh rej. lar M. Vayl, N. Abdurahmonov, A. Abdunazarov, O. Salimov izlanishlari eʼtiborli boʻldi. Oʻzbekistonning mustaqilligidan soʻng teatr sanʼatida ham tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Sahna vositalari bilan tarixni yoritish buyuk ajdodlarimiz — allomalar, shoirlar va davlat arboblari shaxslarini gavdalantirishga eʼtibor kuchaydi. Zamonaviy mavzularni aks ettirishda esa milliy vositalar keng qoʻllana boshladi. Balet asarlarini sahnalashtirishni baletmeysterlar bajaradi, rej. lar ularga yordam berishadi. Balet baletmeysterlari orasida I. Yusupov faoliyati diqqatga sazovor.
Rejissyorlik sanʼati opera (shuningdek, musiqali drama va operetta)da musiqali teatr xususiyatlariga tayanadi. Bu yerda spektaklning asosini musiqa tashkil qilganligi uchun rej. dirijyor va xormeyster bilan hamkorlikda ish olib boradi. Kompozitor partiturasining sahnaviy talqini musiqali teatr rejissurasining asosiy xususiyatidir.
Rejissyorlik sanʼatida qoʻgʻirchoq rejissyorligi alohida ajralib turadi. Respublika qoʻgʻirchoq teatri (Toshkent, 1939-y. da tashkil topgan), undan keyin Andijon, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Xiva, Termiz sh. larida barpo etilgan qoʻgʻirchoq teatrlarida unlab rej. lar bu sanʼatning saviyasini kutarish, nainki bolalar orasida, balki kattalar orasida ham uning nufuzini oshirishda uz hissalarini qushmokdalar. Qoʻgʻirchoq teatri rejissurasining rivojlanishida I. Yoqubov, M. Ashurova, SV. Iogelson, Sh. Yusupov kabi rejlarning xizmatlari alohida. Radio va televideniyeda ham uziga xos Rejissyorlik sanʼati vujudga kelgan. Mustaqillik iillarida maydon tomoshalari rej. ligi shakllandi. Bu sohada faoliyat koʻrsatayotgan B. Yoʻldoshev, R. Hamidov, N. Otaboyev va b. katta maydon va amfiteatrlarda tomosha qoʻyish boʻyicha katta tajriba orttirishdi.
Kinoda Rejissyorlik sanʼati milliy kino shakllanishi bilan bogʻliq holda rivojlana bordi. Oʻzbek ovozsiz kinosining dastlabki iillarida mahalliy hayotning oʻziga xos tomonlarini yaxshi bilmaydigan, oʻz oldiga badiiy jihatdan jiddiy vazifa qoʻymagan rej. lar filmlar qoʻydi.
30-y. larning boshlarida milliy sanʼat arboblari (N. Gʻaniyev, S. Xoʻjayev, Y. Aʼzamov)nmnt rejissuraga kirib kelishi munosabati bilan xalq hayotining turli jabhalarini chuqur oʻzlashtirish, ijodiy qayta ishlash, uslubiyjanr izlanishlar boshlandi. «Yuksalish», «Ajoyib ish», «Ramazon», «Tong oldidan», «Yigit», «Qilich» singari filmlar ishchilarning mehnat kundaligi, harbiy ish, dehqon harakati, oʻlka tarixiga bagʻishlandi. Rej. lar mahalliy aktyorlar (O. Jalilov, E. Hamroyev, M. Qayumov, S. Iskanderov va b.)dan foydalanishni yoʻlga qoʻydilar.
Haqiqiy milliy kinorejissuraning yuksalish davri 40—50-y. lar boʻldi. Oʻsha yillar Ya. Protazanov, A. Usolsev — Garf, N. Gʻaniyev, K..Yormatov, Z. Sobitov, Y. Aʼzamov kabi rej. lar «Tohir va Zuhra», «Nasriddinning sarguzashtlari», «Alisher Navoiy», «Paxtaoy», «Boy ila xizmatchi», «Stadionda uchrashamiz», «Amirlikning yemirilishi» kabi yetuk filmlar bilan tanildilar. Shu davrda oʻzbek kinorejissyorlarining obroʻsi respublikadan tashqariga ham yoyildi. 60-y. lar milliy kinorejissurada sifat jihatdan yangi davr boshlandi, «Oʻzbekfilm»ga yangi yosh mutaxassislar (D. Salimov, R. Botirov, Yu. Stepchuk, A. Qobulov, Q. Kamolova va b.) kelib qoʻshildi. «Sen yetim emassan», «Laylak keldi, yoz boʻldi», «Yoryor», «Surayyo», «Toshkent—non shahri» filmlari shu davrda yaratildi. Rejissuradan yangi — zamonaviy mavzu, yoshlar mavzusi keng oʻrin oldi («Nafosat», «Sevishganlar», «Yigit va qiz», «Mahallada duvduv ran») va b. Shuningdek, keksa avlod rejissyorlarining yangi izlanishlari koʻzga tashlanadi («Maftuningman», «Furqat», «Fidoiy», «Natashaxonim» kabi).
Rej. larning professionallik jihatidan yuksaklikka koʻtirilishi turli mavzu va janrda ijod etishga keng yoʻl ochdi. «Abu Ali ibn Sino», «Dahoning yoshligi» (rej. E. Eshmuhammedov), «General Rahimov» (3. Sobitov), «Ulugʻbek yulduzi» (L. Fayziyev), «Ikki dil dostoni» (K. Yormatov), «Oʻtgan kunlar» (Y. Aʼzamov) kabi filmlar oʻzbek kinosiga katta shuhrat keltirdi. «Abu Rayhon Beruniy», «Achchiq danak», «Seni kutamiz, yigit» singari filmlar rejissurasi uchun kinofestival kabi anjumanlarda yuqori baholandi va sovrinlar bilan takdirlandi.
Hoz. oʻzbek kinosi dramaturgiyasidagi murakkab jarayonlar bilan birgalikda turli mazmun va shakldagi janrlar izlanmoqda, rejissura xarakteri oʻzgarmoqda, yangiyangi nomlar kashf etilmoqda (aktyorlikdan chiqqan rej. lar va b.). J. Fayziyev, I. Ergashev, Yu. Sobitov, F. Haydarov kabilar shular jumlasidan. Zamonaviy oʻzbek kinosida yetakchi janrlardan boʻlgan komediya («Siz kimsiz?», «Moʻjizalar maydoni», «Yaratganga shukur», «Bomba», «Oʻrtoq Boykenjayev», «Meshpolvon» va b.) sermahsul boʻlmoqda. «Otamdan qolgan dalalar» (Sh. Abbosov), «Sevgi» (I. Ergashev), «Voiz» (Yu. Rozikrv; festival bosh sovriniga ega bulgan), «Piyoda» (R. Malikov) va b. sunggi yillar yaratilgan filmlardan namunalardir. Muhsin Qodirov, Joʻra Teshaboyev.