SAPERAVI

SAPERAVI — oʻrtapishar, qad. gruzin vinobop uzum navi. Qora dengiz boʻyi ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Gruziya (Kaxetiya), Ozarbayjon, Oʻzbekistan, Krim, Rossiya jan. da tarqalgan. Tupi kuchli va oʻrtacha oʻsadi, bargi yirik, tuxumsimon yoki toʻgarak, 3—5 boʻlmali, orqasi tukli. Guli 2 jinsli. Uzum boshi 150 g atrofida, konussimon, gʻujumi havol, oʻrtacha zich, toʻq yashil, qora mumgʻubor bilan qoplangan. Pusti yupqa, eti suvli. Faol harorat yigʻindisi 3000° da 140—150 kunda (iyulda) yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 90—160 s/ga. Zamburugʻli kasalliklarga chidami oʻrtacha. Sovuqqa chidamli. Uzumidan desert, oʻrtacha shirin, ovqat ustida ichiladigan hamda shampan vinolari tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: SAPERAVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
ROSSIYA
OZARBAYJON
VINOCHILIK
RKATSITELI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты