RIVOJLANISH

RIVOJLANISH — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obyektning sekinasta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyutsion Rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iboratinqilobiy R. Evolyutsion Rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy Rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyutsion Rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur boʻladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga oʻtishning evolyutsion Rivojlanish yoʻlini tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yoʻldir. Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi (q. Taraqqiyot) bilan regressiv, tanazzul turi (q. Inqiroz) farqlanadi.

Hoz. zamon fanida Rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochizikli, sakrashsimon oʻzgarishlar bayon qilinadi (yana q. Miqdor oʻzgarishlariiing sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni, Qaramaqarshiliklar birligi va kurashi qonuni, Inkorni inkor qonuni).

Baxtiyor Toʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: RIVOJLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
MIQDOR OʻZGARISHLARINING SIFAT OʻZGARISHLARIGA OʻTISHI QONUNI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты