SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONI

SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONI — Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi kon, Koravulbozor t. y. stansiyasidan 65 km jan. sharqda. 1979-y. da ochilgan. 1985-y. dan foydalanishga topshirilgan. Kon 290 — 310 m balandlikdagi tekis choʻlda, Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismidagi Dengizkoʻl koʻtarilmasida joylashgan. Paleogen yotqiziqlarining tuzilishiga koʻra, Sardob strukturasi monoklinaldan iborat, Oʻrtabuloq antiklinalining jan. sharqiy yoʻnalishidagi botiqlikka mos keladi. Sardob burmasi yuqori yura karbonatli yotqiziqlarning shipi boʻylab umumiy strukturaviy koʻtarilmada joylashgan, qanotlari asimmetrik tuzilgan antiklinaldan iborat. Burma oʻlchami «2420 m» berk izogips chizigʻi boʻyicha 4×2 km, balandligi 120 m.

Sardob neft-gaz kondensat konida yura, bur, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr jinslarida jami 8 quduq qazilgan. Ular qalinligi 455 — 653 m li yura davrining kimerijtiton tuzangidritli qatlami bilan ajratilib, 2 strukturaviytektonik qavatni tashkil etadi. Tuzangidritli satlam regional qopqoq vazifasini oʻtaydi va uning ostida yuqori yura karbonat va quyioʻrta yura terrigen formatsiyalariga mansub kollektor jinsli yotqiziklar joylashgan. Karbonat jinsli kollektor qatlamning (rifsiz turi) umumiy qalinligi 205— 337 Karbonatli yotqizikdar shipida slanessimon teksturali, bitumlashgan karbonatterrigen jinslardan tarkib topgan kora slanesli gorizont (2580 — 2731 m) mavjud. Qalinligi 0,8—2 m boʻlgan kollektorlarda sanoat miqyosida neft va gaz uyumlari joylashgan.

Kondagi qatlam bosimi 32,6 MPa boʻlib, gazneft tutash yuzasi esa shartli ravishda «2436 m» sathda joylashgan deb qabul qilingan. Gaz uyumining oʻlchami 3,7×0,9 km, bal. 146 m. Gaz debiti 74—534 ming m3/sutka. Gaz yarim quruq, metanli. Tarkibi (hajmiga nisbatan % xisobida): metan —90,22; etan —4,2; propan —1,78; izobutan —0,2; moʻtadil pentan —0,18; vodorod sulfid —0,015; karbonat angidrid gazi — 1,61; azot —1,29; geliy —0,25; vodorod —0,32; zichligi 0,625 g/sm3. Kondensat oʻrtacha ogʻirlikda (0,7500—0,7568 g/sm3), yuqori oltingugurtli (0,3%). Benzin va kerosin fraksiyalari tegishlicha 37—66% va 23—33%. Kondensat turi metannaftenaromatli. Suvneft tutash yuzasi «2482 m» sathda. Neft uyumining oʻlchami 2,8×1,4 km, bal. 46 m. Qatlam bosimi 35,1 MPa. Neft debiti 85,7 m3/sutka. Neft oʻrtacha ogʻirlikda (0,8795 g/sm3), oltingugurtli (1,76%). Tarkibi: asfaltenlar 4,79%, parafin 0,78%. 150° haroratda qaynaydigan fraksiyalar miqdori 6%, 200° gacha —13,6%. Kondan hoz. vaqtda foydalanilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QASHQADARYO VILOYATI
XITOY
ROSSIYA
PACHKAMAR GAZ-KONDENSAT KONI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты