ROMB (yun. rombos — pirildoq, aylanuvchi) — tomonlari oʻzaro teng boʻlgan yassi toʻrtburchak (rasmga q.). R. ning xossalari:
1) diagonallari oʻzaro perpendikulyar;
2) Rombning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga boʻladi. Rombning diagonallari kesishgan nuqta uning simmetriya markazidir. Rombga ichki aylana chizish mumkin. Rombning yuzi uning diagonallari koʻpaytmasining yarmiga teng. Burchaklaridan biri a boʻlgan R. ning yuzi 5=a2sina. Hamma burchaklari 90° boʻlgan R. kvadratidir.