SAHROI KABIR

SAHROI KABIR (arab. Katta choʻl) — Yer yuzidagi eng katta tropik choʻl. Afrikaning shim. da. Mayd. 7 mln. km2 dan ziyod (Afrika hududining 25%). Gʻarbdan sharqqa 5700 km ga choʻzilgan, eni 2000 km gacha. Sahroi Kabirda Marokash, Tunis, Jazoir. Liviya, Misr, Gʻarbiy Sahroi Kabir, Mavritaniya, Mali, Niger, Chad, Sudan davlatlari toʻliq va qisman joylashgan. Yer yuzasining 80% tekislikdan iborat boʻlib, bal. 200—500 m. Sharqiy va shim. qismida berk xavzalar bor, baʼzilarining yer yuzasi dengiz sathidan ancha past, mas, Kattara (—133 m), AlFayyum va b. Markazida Axajjar (eng baland joyi Taxat choʻqqisi, 3003 m) va Tibasti (eng baland joyi 3415 m, Sahroi Kabirda eng baland) vulkanik massivlar joylashgan. Sahroi Kabirning landshafti juda xilmaxil. Hududining 70% toshloqli choʻl, per, serir, qumli choʻl (erg) va shoʻrxoklar bilan band, togʻli yerlar ham chaqirtoshlardan iborat. Choʻlning shim. va shim. sharqiy qismida qum uyumlari shamolda koʻchib yuradi. Katta maydonlarni kserofit oʻsimliklar ildizi bilan mustahkamlangan joʻyakli kum uyumlari (bal. 200—300 m) egallagan.

Sahroi Kabir geologik jihatdan AfrikaArabiston platformasining shim. karbiy qismidir. Uning kembriygacha boʻlgan zamini tomik qismida va NubiyaArabiston qalqonining gʻarbiy chekkasida yer yuziga chiqib qolgan. Boshqa joylarida qad. jinslar ustini dengiz yotqiziklari qoplagan. Foydali qazilmalardan neft va gaz, temir va mis rudalari, oltin, volfram, uran konlari bor.

Sahroi Kabirning katta qismida tropik, quruq va issiq, shim. da subtropik iqlim. Hududining aksari qismida yil davomida shim. sharqiy passat shamollari esib turadi. Muzlanish davrida Sahroi Kabirda iqlim sernamroq boʻlgan. Sahroi Kabirning sohil qismidan boshqa joylarida havo quruq. Yogʻin choʻlning shim. da, asosan, qishda, jan. da yozda yogʻadi. Yillik yogʻin Sahroi Kabirning tekislik qismida 50 mm dan, togʻliklarda 100 mm dan kam, chekkalarida 100—200 mm. Ichki r-nlarda yillab yogʻin yogʻmaydi, lekin ayrim vaqtlarda togʻlarda jala yogʻib sel keladi. Ahajjar va Tibasti togʻliklarining tepalarida qishda qisqa muddat qor yogʻadi. Havoning sutkali va yillik t-rasi farqi katta. Ayrim joylarda tra 56—58° ga yetadi. Iyul oyining oʻrtacha t-rasi 37,2°, yanv. niki 10°. Kishda hamma qismida kechasi tuproq muzlaydi. Eng past tra (—18°) Tibasti togʻida kuzatilgan. Yilning salqin oylarida kuchli shamol (tezligi 50 m/sek. gacha) esib chang va qum boʻronlari (samum) boʻladi.

Sahroi Kabirda oqar suvlar kam. Choʻlni kesib oʻtuvchi eng yirik daryo — Nil. Baʼzan kuchli yomgʻir yoqqandan soʻng quruq oʻzanlar qisqa muddat suvga toʻladi. Togʻlarda suvi juda minerallashgan kichik qoldiq koʻllar uchraydi. Sahroi Kabir yer osti suvlariga boy. Buloq va quduklar atrofida vohalar vujudga kelgan. Choʻlning shim. da yer osti suvlari yer yuziga yaqin, artezian qudugʻi koʻp.

Tuprogʻi Sahroi Kabirning aksari qismida tropik choʻl va chala choʻlga xos oddiy tuproq. Ohakgipsli qatlamlari koʻp uchraydi. Sahroi Kabir oʻsimliklari Golarktika flora oblastiga mansub. Yuksak oʻsimliklarning 1200 turi mavjud. Oʻsimliklarining aksari qurgʻoqchilikka chidamli boshokli oʻtlar va butazorlardan iborat. Yomgʻirdan keyin efemerlar usadi. Sahroi Kabirda oʻsimlik juda siyrak, kattagina maydonlarda esa umuman oʻsimlik oʻsmaydi. Sahroi Kabirning shim. qismida Oʻrta dengiz atrofiga xos oʻsimliklar, jan. da esa akatsiya, yulgʻun, chakanda va b. oʻsadi. Togʻli yerlarda qad. oʻsimlik vakillari uchraydi, endemik turlari ham koʻp. Choʻddagi vohalarda va Nil vodiysida xurmo, anjir, zaytun va mevali daraxtlar, sitrus oʻsimliklar oʻstiriladi, sabzavot yetishtiriladi.

Hayvonot dunyosi Golarktika va Efiopiya zoogerografik oblastlariga mansub, 4000 tur hayvon yashaydi. Jami hayvon turlarining 40% faqat Afrikada uchraydi, lekin Sahroi Kabir uchun endemiklari 10—12% dan oshmaydi. Sut emizuvchilarning 60 turi maʼlum. Hayvonlarning aksari qismi tungi hayot kechiradi.

Sahroi Kabir aholi eng siyrak joylardan. Uning Nil vodiysi va deltasidan tashqari qismida aholi juda kam. Aholi doimiy yashamaydigan joylar bilan bir qatorda 1 km2 ga 1000 kishi toʻgʻri keladigan joylar ham bor. Aholining etnik tarkibi ham xilmaxil. Sahroi Kabir aholisi qadimdan koʻchmanchi chorvachilik, foydali yovvoyi oʻsimlik va mevalarni terish, vohalarda dehqonchilik qilish bilan shugʻullanadi. Asosan, xurmo oʻstiriladi, donli ekinlar va sabzavot ham yetishtiriladi. Qoʻy, echki va tuya boqiladi. Choʻl jan. da yirik neft va gaz konlarining topilishi va ishga tushirilishi Sahroi Kabirning iqtisodiy ahamiyatini tubdan oʻzgartirib yubordi. Dunyoda neft qazib chiqariladigan yirik r-nlardan biriga aylandi. Sahroi Kabirning ichki r-nlaridan xom ashyoni tashib chiqish uchun avtomobil yoʻllari qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: SAHROI KABIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JAZOIR
AFRIKA
TUNIS
YER
MAROKASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты