ROYAL

ROYAL (frans. royal — qirol) — torli urma klavishli musiqa cholgʻu asbobi, fortepiano turi. Royal torlari, deka (rezonans taxtasi) va mexanikasi gorizontal joylashgan, torlarining uzunqisqaligiga koʻra, moslangan kanotsimon korpusi 3 ta oyoqqa oʻrnatilgan. Kattakichikligiga koʻra, minʼon (uz. 1,5 m gacha), kabinet (1,6—1,8 m), salon (2 m atrofida) va konsert (3 m gacha) turlari bor. Diapazoni 7 yoki 7ʻ/4 (salon va konsert Royal larda) oktava. Diapazon va dinamik imkoniyatlar kengligi, tovushlar tembri rang-barangligi, garmoniya va polifoniya vositalarining boyligi tufayli Royal Yevropa musiqa madaniyatida mukammal musiqa cholgʻu asbobi sifatida asosiy oʻrin tutadi (18-a. oxiridan). Royal ishlab chiqaradigan eng mashhur firmalar: «Blyutner», «Bexshteyn», «Avgust Fyorster» (Germaniya), «Pleyel» (Fransiya), «Stenvey» (AQSH), «Petrov» (Chexiya) va b. Oʻzbekistonda Royal 19-a. ning 2-yarmidan paydo boʻlgan. Oʻsha davr mahalliy ziyolilari (Furqat va b.) R. ning boy ijro va ifoda imkoniyatlarini olqishlagan.


Lotin alifbosida maqola: ROYAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
GERMANIYA
YAPONIYA
ChEXIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты