RYABINA (Sorbus) — atirguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar va butalar turkumi, manzarali va mevali oʻsimlik. Shim. yarim sharning moʻtadil mintaqalarida 100 ga yaqin turi oʻsadi. Mevasi 2—5 uyli mayda olma. Aynik,sa, koʻproq oddiy P. (S.aucuparia) ekiladi. Daraxti (bal. 15 m gacha) yoki butasining poʻstlogʻi silliq, kulrang, mevasi yumaloqsharsimon, qizil. Qushlar uchun oziq hisoblanadi. Mevasi tarkibida 4—8% qand (fruktoza, glyukoza, saxaroza), 2,7% gacha olma, limon, uzum va kahrabo ktalari, pektin va oshlovchi moddalar, askorbin kta (200 mg% gacha), karotin (20 mg%) va vitamin RR mavjud. Poʻstlogʻida 14% tanin, urugʻida esa 22% gacha moy mavjud. Sent. okt. oylarida pishadi. Ryabina vegetativ usullar (parxish, ildizidan, bachkisidan, payvandlash) b-n koʻpaytiriladi. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi. Qandolat i. ch. da, marmelad, pastila, murabbo, shuningdek, vino, likyor, sirka, kvas tayyorlashda ishlatiladi.
Yevropaning Shim. Gʻarbida va Sibirda sibir R. si (S. sibirica) oʻsadi. Qrim, Jan. Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz atroflarida bogʻ R. si (S. domestica) bogʻlarga ekiladi.