RYAZAN

RYAZAN — RFdagi shahar, Ryazan viloyati markazi. Oka daryosi boʻyida. Yirik pristan. T. y. tuguni. Aholisi 533,1 ming kishi (1998). Mashinasozlik (stanoksozlik, «Tyajpressmash», «Ryazselmash») i. ch. birlashmalari, avtomobil agregatlari, avtomobil apparaturasi, elektron priborlar, hisoblashanalitik mashinalar, isitish priborlari, neftni qayta ishlash, kimyoviy tola, kartonruberoid zdlari, qurilish materiallari i. ch., oziq-ovqat, yengil va yogʻochsozlik sanoati korxonalari ishlab turibdi. 2 ilmiy tadqiqot inti, 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi, badiiy muzey, I. P. Pavlov uymuzeyi bor. R. yilnomalarda birinchi marta 1095-y. dan tilga olingan. Dastlab Ryazan knyazligi markazi Ryazan deb atalgan va hozirgi Ryazandan 50 km jan. sharqsa boʻlgan. Shahar 1237-y. da moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 14-a. oʻrtalarida knyazlik markazi Pereyaslavl—Ryazanskiy shahriga koʻchirilgan (bu knyazlik 1521-y. da Moskva davlati tarkibiga qoʻshildi). Shahar 1778-y. dan Ryazan deb atala boshlagan. 1778— 1929-y. larda Ryazan gubernyasi markazi. 19-a. oʻrtalarida Ryazanda choʻyan quyish hamda yogʻ korxonalari va b. qurilgan. 1929—30 y. larda Ryazan Moskva viloyati okrug markazi, 1937-y. dan viloyat markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan Kreml ansambli tarkibida: Xristorojdestvenskiy (15-a., 19-a.), Arxangelskiy (16-a.), Uspeniye (17-a.) soborlari, Arxiyepiskop palatalari (17a.), Spas monastiri majmui (17 — 18-a. lar), 17-a. ga oid bir qancha cherkovlar, klassik uslubdagi binolar, kasalxonalar (19-a. boshlari), savdo rastalari (19a. ning 1-yarmi) va b. saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: RYAZAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
OLIY OʻQUV YURTLARI
UKRAINA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты