ROʻZA

ROʻZA (fors.) — islomdagi 5 ta rukn (majburiyat)dan biri. Roʻza tutish vaqti tong yorishmasdan avval boshlanib, kun botishiga qadar davom etadi. Bu vaqtda yeyish, ichish, jinsiy yaqinlik qilish, nomaʼqul ishlardan tiyilish zarur. Qurʼonda Alloh Muhammad (sav)ga Qurʼonni ramazon oyida vahiy qilib yuborgani, har yili shu oyda Roʻza tutish farzligi kayd etilgan (2:183—187). Islomga koʻra, ramazon oyida Roʻza tutish balogʻat yoshiga yetgan, sogʻlom musulmonlarga farz kilingan. Homilador, emizikli ayollar, safarda yurganlar, ogʻir bemorlar, qiyin sharoitlarda ishlovchilar Roʻza tutishdan ozod etilgan, uni imkoniyat tugʻilganda ado etishlariga ruxsat berilgan. Roʻzaga toqati yetmaydigan keksalar, surunkali bemorlar Roʻza oʻrniga fidya sadaqasi berishi (bir miskinni bir marta toʻydirishi) mumkin. Agar bunga qodir boʻlmasa, Allohga istigʻfor aytadi va duo qiladi. Har bir Roʻza dor kishiga ramazon oyi davomida faqiru miskinlarga xayru ehson qilish, barcha yomon xulq va feʼlu atvorlardan, soʻkinish, qargʻash kabi odatlardan saqlanib yurish shart hisoblanadi. Roʻza hijraning 2yili farz kilingan, deb sanaladi. Musulmonlar Oy taqvimiga rioya etganlari uchun Roʻza yilning turli vaqtlariga toʻgʻri keladi. Shuningdek, boshqa vaqtlarda ham, chunonchi, rajab, shaʼbon va muharram oylarida Roʻza tutish (Mas, ashuro R. si) maʼqul hisoblanadi. Ular turli xil muddat davom etadi. Roʻza tutish odati qad. dinlar va xalqlarda ham turli shakllarda mavjud boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: ROʻZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QURʼON
ISLOM
JINSIY HAYOT
Oybek Xolmedov - Mohi Ramazon
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты