ROʻZIBOYEV Damir Solijonovich (1939.16.4, Samarqand) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1985). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1959). Oʻzbekiston badiiy fondining kulollik zdi (1959 — 61), Sanʼatshunoslik i. t. instituti (1961—65)da ishlagan; Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi direktori (1988 — 97). P. ijodiga oʻzbek badiiy merosining taʼsiri kuchli boʻlib, unda milliylik oʻziga xos tarzda namoyon boʻldi (Navoiy sh. aerovokzali binosi devorlarini bezagan relyeflar, 1985). Roʻziboyev portretlar (Beruniy siymosi tasvirlangan «Mutafakkir» asari, shamot, 1979; «Rassom V. Saviskiy», bronza, 1980 va b.), xalq vakillari va turmushi tasvirlangan asarlar («Buvi va nevara», shamot, 1975; «Sayramlik qiz», shamot, 1978 va b.) muallifidir. Ramziy obrazlar (jumladan, «Navroʻz malikasi», 2001 va b.) hamda Semurgʻ qush tasviri Roʻziboyev ijodida alohida oʻrin tutadi: «Toʻy» (shamot, 1977), «Xonanda» (shamot, 1982), «Musiqa» (bronza, 1988) va b.