SIDERIT

SIDERIT (yun. sideritis — temir) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Sinonimi — temir shpati. Kalsit guruhidagi temir karbonati. Kimyoviy formulasi FeCO,. Tarkibida 62% FeO, 38% SO2 bor. Tabiatda FeCO3—MpSO3; FeCOjMgCO,; FeCO3CaCO3 va FeCO3— SoSO3 kabi izomorf qatorlarni tashkil etadi. Kristallari romboedrik, prizmatik va tabletkasimon boʻladi. Kristall strukturasi ankeritnikiga oʻxshash. Agregatlari donali oolitli, tuproqsimon; qizgʻishjigarrang, sargish va yashilsimon kulrang. Nuraganda toʻq qoʻngʻir rangga oʻtadi. Qattiqligi 4—4,5; zichligi qariyb 4 g/sm3. Shishasimon yaltiroq, qizdirilganda NaCl da eriydi. Katod nuri taʼsirida yorqin pushti rangda tovlanadi. Gidrotermal, metamorfik va choʻkindi yoʻllar bilan tiklovchi geokimyoviy sharoitlarda hosil boʻladi. Muhim temir rudasi hisoblanadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha rudali r-nlarida uchrasada, amalda ishlatilmaydi.


Lotin alifbosida maqola: SIDERIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
TEMIR
NATRIY
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты