SIYDIK CHIQARISH KANALI

SIYDIK CHIQARISH KANALI, uretra — odam, umurtqali hayvonlar va baʼzi umurtqasizlarda qovuqdan tashqariga siydik chiqadigan yoʻlning uchki qismi. Nay shaklida, devori ichki (shilliq) parda, muskulli va biriktiruvchi toʻqimali qavatlardan iborat. Ayollar Siydik chiqarish kanali (uzunligi 4—5 sm) qovuq tubidagi teshikdan boshlanib, tashqi teshigi qin daxliziga klitordan bir oz pastroqda ochiladi. Erkaklar Siydik chiqarish kanali (uzunligi 20 sm gacha) qovuqdan ichki teshik bilan boshlanadi, prostata bezining ichidan oʻtib, siydiktanosil diafragmasini teshib chikadi va erkaklik olati gʻovak tanasining ichida yoʻnalib, olat boshchasida ochiladi. Siydik chiqarish kanalining qovuqdan boshlanadigan qismi muskulli halqa bilan oʻralgan.


Lotin alifbosida maqola: SIYDIK CHIQARISH KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JINSIY AʼZOLAR
TOSHKENT
YER
QOVUQ
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты