SILLIQLASH

SILLIQLASH — turli materiallar (metall, tosh, yogʻoch va b.) ga jilvir qogʻoz, jilvir tosh, abraziv materiallar yordamida ishqalab ishlov berish. Metallarga, asosan, silliqlash stanogida ishlov beriladi. M yetall sirti risoladagidek silliq chiqishi uchun unga bir necha marta ishlov berish kerak (har gal 0,005—0,05 mm chamasi katlam sidiriladi). Toshlar sirti har xil yiriklikdagi abraziv doira, plita, brusoklar bilan silliklash stanoklari, elektr asboblar yordamida silliklanadi. Yogʻochni Sdan oldin uni randalab, sirti shpaklyovkalab olinadi, keyin turli mayinlik va qattiklikdagi (yaʼni har xil yiriklikdagi) jilvir qogʻoz bilan ishqalab silliklanadi. Silliqlash natijasida materiallar koʻrkamlashadi, korroziyabardoshligi va mustahkamligi ortadi. Silliklangan sirtlarni abraziv massa (yaltiratadigan tarkib) surkab, jilvir qogʻoz, abraziv doira yordamida qoʻlda va stanoklarda yaltiratish jilolash deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: SILLIQLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Nasiba Abdullaeva - Bari gal
JILOLASH
TOSHKENT
SILLIQLASH STANOGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты