SIRLI MASJID

SIRLI MASJID — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (19-a.). Masjidtarhiga koʻra nomutanosib boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli, 2 ustunli xonaqrh (11,35 x 8,0 m) va sathi undan ancha katta boʻlgan 2 tomonlama qurilgan ayvondan iborat. Ayvon va xonaqoh devorlariga choʻqqisimon mehroblar ishlangan. Xonaqoh bezaksiz, ammo ayvon turli nakshlar bilan serhasham bezatilgan (nomi ham «sirli» — sirlangan, hallangan degan maʼnoda). Ayvon shifti havozasi va ustunlar tepasi muqarnasli qoshlar, rangorang gulli naqshlar va bezakli poyustunlar bilan ziynatlangan. Devorlarining yuqori tomonlari enli handasiy naqshlar bilan hoshiyalangan. Ayvon bezagida xalq sanʼatining eng goʻzal namunalari, fargʻonalik xalq ustalarining ijodiy imkoniyatlari keng namoyish etilgan. Masjid oldidagi chor atrofi toʻsilgan hovlida tarhi tengtomonli hovuz (10,0 x 19,0), keksa chinor va xom gʻishtdan qurilgan sinchli bino bor.


Lotin alifbosida maqola: SIRLI MASJID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
AMALIY SANʼAT
TOSHKENT
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты