SIRT FAOL MODDALAR

SIRT FAOL MODDALAR — satxlar (fazalar) chegarasiga adsorbsiyalanib, sath energiyasini (sirt taranglikni) pasaytiradigan moddalar. Moddalarning fazalar chegarasiga adsorbsiyalanib, hajmiy konsentratsiyaga bogʻliq tarzda sirt taranglikni pasaytirish xossasi sirt faollik deyiladi. U Gibbsning adsorbsiya tenglamasi r=(C/RT)(dc/dc) tarkibiga kiruvchi G=da/dc qiymat bilan ifodalanadi. Yukrridagi tenglamaga muvofiq Sirt faol moddalar uchun Gibbs adsorbsiyasi nuldan katta boʻlishi (G>0) lozim. Natijada adsorbsion qavatdagi modda konsentratsiyasi eritma hajmidagi konsentratsiyadan yuqori boʻladi. Sirt faol moddalar molekulasi difil tuzilishga ega bulib, 2 qism: qutblanmagan — gidrofob (suvdan qochuvchi) va qutblangan — gidrofil (suvga tortiluvchi) qismlardan iborat. Shu tufayli Sirt faol moddalar 1 ta erituvchining uzida sharoitga qarab, ham chin, ham kolloid eritma hosil qila oladi. Qutblanmagan guruhlar suvli sharoitda oʻzaro gidrofob taʼsirlanishga uchraydi. Agar gidrofob kiyem zanjirida 10—22 uglerod atomi saqlansa, ularning gidrofob taʼsirlanishi tufayli, shuningdek, qutblangan guruhlarning suv bilan kuchli taʼsirlanishi oqibatida Sirt faol moddalar molekulalarining oʻzaro assotsialanishi (birlashishi) roʻy beradi, natijada yirikrok, zarralar hosil boʻladi. Kolloid Sirt faol moddalar eritmasida mitsellalar hosil boʻlishi termodinamik jihatdan qulaydir. Bir xil qutblanmagan guruxlarning oʻzaro taʼsirlanishi Gibbs energiyasining oʻzoʻzidan kamayishiga olib keladi. Hosil bulgan mitsellalar yadrosini kugblanmagan radikallar, tashqi qobigʻini esa qutblangan guruxdar tashkil etadi. Bu, uz navbatida, gidrofob guruxlarning suv b-n eng kam taʼsirlashini taʼminlaydi.

Kolloid Sirt faol moddalarning mitsella hosil qiladigan eng kichik konsentratsiyasi mitsella hosil qiladigan kritik konsentratsiya deyiladi. Eritma konsentratsiyasiga qarab mitsellalar shakli oʻzgaradi. Kichikroq konsentratsiyada dastlab sferik (sharsimon) mitsellalar hosil boʻladi, konsentratsiya ortishi bilan mitsellalardan Sirt faol moddalar molekulalarining soni ortib, shakli silindr, soʻngra plastinka shakliga oʻzgarib boradi. Kritik konsentratsiya qiymati Sirt faol moddalar tabiatiga, traga, yot moddalar va, ayniqsa, elekrolitlar mavjudligiga bogʻliq. Sirt faol moddalar molekulasidagi gidrofob guruxdar uzunligi ortsa, kritik konsentratsiya qiymati kichiklashadi. Bu qiymat eritmaning kinetik faol zarralari soni va oʻlchamiga bogʻliq xossalari, mas, sirt taranglik, elektr oʻtkazuvchanlik, optik xossalari boʻyicha aniklanadi.

Kolloid Sirt faol moddalar eritmasining muhim xossasi — solyubilizatsiya. Sirt faol moddalar ishtirokida erimaydigan yoki oz eriydigan kichik molekulali birikmaning suv fazasiga oʻz-oʻzidan oʻtishi solyubilizatsiya deyiladi. Solyubilizatsiya mexanizmi qutblanmagan modallarning mitsellaning gidrofob yadrosida erishidir. Solyubilizatsiya hodisasi oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika amaliyotida keng qoʻllanadi.

Organizmda ham Sirt faol moddalar mavjud. Ular surfaktantlar deb ataladi. Sirt faol moddalarning ionli, ionsiz; anion faol, kation faol, amfolit turlari mavjud. Ular xalq xoʻjaligining turli sohalarida emulgator, solyubilizator, stabilizator, hoʻllovchi, flotoreagent, yuvuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda Sirt faol moddalar boʻyicha K. S. Ahmedov tashkil qilgan ilmiy maktabda katta izlanishlar olib boriladi.

Ad.: Ahmedov K., Aminov S., Sirtaktiv moddalar, T., 1972; Zimon A. D., Leщyenko N. F., Kolloidnaya ximiya, M., 2001.

Sobirjon Aminov.


Lotin alifbosida maqola: SIRT FAOL MODDALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SUV
ADSORBSIYA
ERITMALAR
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты