SIRTLAR NAZARIYASI — differensial geometriyankng sirtlar xossalarini oʻrganadigan boʻlimi. Asosiy vazifalaridan biri sirt ustida bajariladigan oʻlchashlar; bu oʻlchashlar natijasida hosil qilinadigan maʼlumotlar sirtning i ch k i geometriyasini tashkil etadi. Mas, sirt ustidagi chiziq uzunligi, ikki chiziq orasidagi burchak, soha yuzi, geodezik chiziqlar, chiziqning geodezik egriligi va b. ichki geometriyaga tegishli tushunchalardir. Agar 2 sirt nuqtalari orasida birmabir moslik oʻrnatilib, tegishli chiziklar uzunliklari teng boʻlsa, ular izometrik sirtlar deyiladi. Izometrik sirtlarning ichki geometriyasi bir xil boʻlsada, ularning fazoviy tuzilishi boshqacha boʻlishi mumkin (mas, tekislikdagi nuqtaning atrofi silindrdagi nuqta atrofiga izometrik, ammo tekislik bilan silindr fazoviy tuzilishi jihatdan birbiridan katta farq qiladi).
Sirtlar nazariyasining muhim tushunchalaridan biri sirtning oʻrta egriligi deb ataluvchi mikdor boʻlib, u bosh egriliklar yigindisi: /s,+/s2dan iborat. Har bir nuqtasida oʻrta egriligi nolga teng sirt min i mal sirt deyiladi, bunday sirtlarning fizikada va b. fanlardagi ahamiyati katta.