SISTEMATIKA

SISTEMATIKA (yun. systematikos — tartibga solingan) — biol. boʻlimi. Hoz. mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlarni tavsiflash, roʻyxatga olish va taksonlar boʻyicha tasnif qilish b-n shugullanadi. Sistematika biol. ning barcha boʻlimlari, ayniqsa, evolyutsion taʼlimot maʼlumotlariga tayanadi; kupchilik biol. fanlari uchun asos boʻladi. Ayrim hollarda taksonomiya tushunchasi ham Sistematikaning sinonimi sifatida ishlatiladi. Tasnif kilishda organizmlarni tavsiflovchi ayrim xususiy belgilar (morfologik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik va b.) emas, balki ularning majmuasidan foydalaniladi. Organizm uchun xos xususiyatlar kanchalik koʻproq inobatga olinsa, sistematik birlik organizmlar oʻrtasida qarindoshlikni, yaʼni ularning kelib chiqishidagi umumiylikni shunchalik aniq ifodalaydi. Mas, akulalar bilan kitsimonlarning yoki qushlar b-n koʻrshapalaklarning ayrim tuzilish belgilari oʻxshash boʻlishiga qaramasdan ular har xil sistematik guruhlar (sinflar)ga mansub. Bu hayvonlarning barchasi xordalilar tipiga kiradi. Shuning uchun barcha xordalilar oʻrtasida muayyan oʻxshashlik mavjud.

Organizmlarni tasnif qilishga urinish qad. tarixdan maʼlum (Aristotel, Teofrast va b.); lekin faqat J. Rey (1686—1704) va, ayniqsa, K. Linney (1735-y. dan boshlab) ishlari natijasida ilmiy Sistematikaga asos solindi. Dastlabki ilmiy Sistematika organizmlarning faqat tashqi tuzilishiga asoslangan boʻlib, ular oʻrtasida qarindoshlik munosabatlari inobatga olinmaganligidan sunʼiy Sistematika hisoblanadi. Ch. Darvin taʼlimoti Sistematikaga evolyutsion mazmun berdi. Evolyutsion taʼlimotning yaratilishi bilan Sistematikada organizmlar oʻrtasidagi geneologik munosabatlar asosiy oʻrinni egallay boshladi; sunʼiy Sistematikaning oʻrnini tabiiy Sistematika egalladi.

Sistematikada evolyutsion yoʻnalish bilan birga kladistik (filogenetik) va sanokli (fenetik) yoʻnalish ham mavjud. Kladistik metod yordamida alohida shoxlarning filogenetik shajaradan ajralib chiqishiga binoan taksonlar darajasi aniklanadi. Bu metodda ayrim guruxlardagi evolyutsion oʻzgarishlar miqyosi inobatga olinmaydi. Mas, kladistik metod boʻyicha sut emizuvchilar mustaqil sinf boʻlmasdan, sudralib yuruvchilarning bitta taksoni hisoblanadi. Sanokli, yaʼni rakamli Sistematikada organizmlarning ixtiyoriy olingan koʻpchilik belgilari matematik yoʻl bilan taxlil qilinib, har bir belgiga alohida ahamiyat beriladi. Tasnif alohida olingan organizmlarning birbiridan farq qiladigan belgilariga asoslanib tuziladi. Sistematikaning eng asosiy metodi solishtirmamorfologik metod hisoblanadi. Hoz. Sistematikada yangi metodlar, mas, elektron mikroskopiya, kariosistematika (xromosoma apparatining tuzilishi) ham qoʻllanadi, 20-a. ning oʻrtalaridan boshlab, Sistematikada biokimyoviy maʼlumotlar (xemosistematika) dan ham foydalanila boshlandi. Organizmlardagi asosiy oqsillar molekulasida aminokislotalarning, DNK va r-nK molekulalarida nukleotidlarning ketma-ketligini oʻrganish (genosistematika) Sistematikani qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitadi. Hayvonlar S. sida etologiya (xattiharakatlar)ga oid maʼlumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Yangi metodlarning qoʻllanishi va turning populyatsiya tarkibi oʻrganilishi Sistematikada yangi davrni boshlab berdi.

Har qanday tirik organizmni oʻrganish uchun avvalo uning boshqa organizmlarga nisbatan oʻrnini va ular b-n filogenetik munosabatlarini aniklash lozim. Turlar oʻrtasidagi sistematik munosabatlar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish genetik va biokimyoviy tadqiqotlar uchun ham zarur. Sistematika ayniqsa bir vaqtning oʻzida koʻplab turlar bilan tadqiqot olib boriladigan ekologiya va biogeografiya sohasidagi tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Stratigrafiya va geoxronologiya ham avvalo qazilma hayvonlar va oʻsimliklar S. siga asoslangan. Sistematika tirik tabiatni muhofaza qilishni tashkil etishda benihoya katta ahamiyatga ega (yana q. Organizmlar sistemasi).

Ad.: Molekulyarnыye osnovы genosistematiki, M., 1980; Prinsipы ekologicheskoy sistematiki, perevod s angliyskogo, M., 1971.


Lotin alifbosida maqola: SISTEMATIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BIOLOGIYA
XITOY
EVOLYUTSION TAʼLIMOT
AKULALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты