SLOVAKIYA

SLOVAKIYA (Slovensko), Slovakiya Respublikasi (Slovenska Republika) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Mayd. 49 ming km2. Aholisi 5,4 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 8 oʻlkaga boʻlinadi. Poytaxti — Bratislava sh.

Davlat tuzumi. Slovakiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-y. 1 sent. da qabul qilingan (1999-y. tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2004-y. dan Ivan Gashparovich), u umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni bir palatali parlament — Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Slovakiya — togʻli mamlakat. Hududining aksariyat qismi Gʻarbiy Karpat togʻlari doirasida (Slovakiya Rudali togʻlari va b.) joylashgan. Lises sh. dagi Zlati Vrx bazaltli tepaligi tabiat yodgorligidir. GerlaxovskiShtit togʻi (2655 m) — Gʻarbiy Karpat togʻlarining eng baland nuqtasi. Jan. ni Oʻrta Dunay tekisligining bir kismi egallagan. Slovakiyada qoʻngʻir kumir, temir, marganes, polimetall rudalari, surma, magnezit konlari bor. Iklimi moʻtadil, kontinental. Tekisliklarda oʻrtacha tra yanvarda — G dan —4°, Karpat togʻida —10° gacha, iyulda 19 — 2G, togʻlarda 4° gacha. Yillik yogʻin tekisliklarda 450—700 mm, togʻlarda 2100 mm gacha. Slovakiya daryolari (Dunay va uning irmoklari, Morava, Vag, Gron va b.) gidroenergiyaning muxim manbalaridir. Slovakiya togʻlari oʻrmonlar bilan krplangan (mamlakat hududining 1/3 kismi). Jan. qiyaliklarda keng bargli va aralash, shim. qiyaliklarda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Tekisliklarda dehqonchilik qilinadi. Hayvonlardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, silovsin, toʻngʻiz, quyon, olmaxon, tipratikan, turli qushlar bor, dare va koʻllarda baliq koʻp.

Aholisining koʻpchiligi — slovaklar (87%), shuningdek venger, chex, ukrain va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 56,8%. Rasmiy til — slovak tili. Dindorlarning aksariyati — xristian (katolik) lar. Yirik shaharlari: Bratislava, Koshitse, Preshov.

Tarixi. Slovakiya hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlganligi maʼlum. Mil. 3—4-a. larda slavyanlar koʻchib kelgan va 1ming yillik oʻrtalarida yetakchi etnik guruh boʻlib qolgan. 7-a. da S ilk slavyan Samo davlati tarkibiga, 9—10a. larda Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirgan. 11-a. oʻrtalarida Slovakiyani vengerlar bosib olib, chexmorava va slovak qabilalari asosida yagona elat hosil boʻlish jarayoniga xalaqit berdilar. 13— 14-a. larda Slovakiya nemislar kuliga oʻtdi. 16-a. oʻrtalarida Sningjan. ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-a. oxirida Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kiritildi. 1718-a. boshlarida Slovakiyada bir necha bor dehqonlar qoʻzgʻoloni (1618, 163132, 1648, 1660, 1711), hunarmand va shahar yoʻqsillarining norozilik chiqishlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) boʻldi. Slovakiya dehqonlari Rakotsi Ferens xarakatida (1703—11) qatnashdilar. 1848—49 y. Avstriya inqilobi vaqtida Slovakiya milliy harakati arboblari demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishni, slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib chiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. Avstriya-Vengriya davlati tashkil topishi (1867) bilan Vengriya tarkibida qoldi. 1-jahon urushi yillarida Slovakiyada chet el hukmronligiga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 1919-y. 16-iyunda Preshovda Slovakiya Sovet respublikasi eʼlon qilindi, biroq 7-iyulda intervensiyachi qoʻshinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod boʻlgach, Slovakiya 1919-y. 30 okt. da Chexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlashuvi natijasida 1918-y. tashkil topgan Chexoslovakiya davlati tarkibiga kirdi. 1938-y. Myunxen bitimita koʻra, Slovakiyaning jan. tumanlari Chexoslovakiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939-y. slovak fashistlari Germaniya panohidagi «mustaqil» S davlati tashkil etilganini eʼlon qildilar. Shu yildan Slovakiyada Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1944-y. gi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni Slovakiyaning 2/3 qismigayoyildi. 1945-y. mayda Slovakiya butunlay ozod qilindi. Slovak va chex yerlari Chexoslovakiya respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Slovakiya 1948-y. 9-maydan Chexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-y. 11-iyuldan Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990-y. 29-martdan Chexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990-y. 20 apr. dan 1992-y. 31 dek. gacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-y. 17-iyundagi Deklaratsiyada respublika suvereniteti eʼlon qilindi. Slovakiya — 1993-y. dan BMT aʼzosi. 1992-y. 24 yanv. da OʻzR suverenitetini tan olgan va 1993 i. 1 yanv. dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari — 29 avg. — Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni kuni (1944), 1 sent. — Konstitutsiya kuni (1992).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushma tashkilotlari. Demokratik Slovakiya uchun harakat — Xalq partiyasi, 1991-y. da asos solingan; S. demokratik ittifoqi, 1995-y. tuzilgan; S. dehqonlar partiyasi, 1990-y. tashkil etilgan; S. ishchilari birlashmasi, siyosiy partiya sifatida 1994-y. roʻyxatga olingan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1991-y. tuzilgan; S. milliy partiyasi, 1989-y. asos solingan; Venger xristian demokratik xarakati, 1990 i. tashkil etilgan; S. xristiandemokratik ittifoqi partiyasi, 2000-y. roʻyxatga olingan. S. Respublikasi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-y. asos solingan.

Xoʻjaligi. Slovakiya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,4%, q. x. ning ulushi 4,8%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 61,8%.

Sanoatida, asosan, mahalliy mineral xom ashyo (qungʻir kumir, lignit, temir ruda) negizida konchilik va metallurgiya sanoati rivojlangan. Choʻyan, poʻlat va prokatning koʻp qismi Koshitsedagi metallurgiya k-tida, alyuminiy (chetdan keltirilgan boksitdan) JyarnadGronomda, mis Krompaxida ishlab chiqariladi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: radiopriyemnik, televizor, sovitkich, mototsikl, kema, podshipnik, yuk vagonlari, stanok, elektrotexnika uskunalari va b. ishlab chikariladi. Kime va neft kimyosi sanoati (neft mahsulotlari, mineral oʻgʻit, plastmassa, sintetik tola va b.) chetdan olingan neft va gaz asosida ishlaydi. Yirik oʻrmon, yogʻochsozlik, qurilish materiallari sanoati barpo etilgan. Toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Bratislava va Koshitse. Yiliga oʻrtacha 24,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Uning koʻpchilik qismini GESlar beradi, YaslovskaBogunitseda AES bor.

Qishloq xoʻjaligi ning asosiy tarmogʻi — deqqonchilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, qand lavlagi, moyli ekinlar va b. ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Goʻshtsut, goʻshtjun chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, quy, qoramol, parranda boqiladi).

T. y. uzunligi 3,7 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 17,9 ming km. Dunayda kema qatnaydi. Daryo portlari: Bratislava, Komarno. Chetga mashina va uskuna, neftni qayta ishlash, kimyo va yogʻochsozlik, q. x. maxsulotlari va b. sotadi. Chetdan neft va tabiiy gaz, oziq-ovqat, mashina va uskunalar oladi. Chexiya, Germaniya, Rossiya va b. bilan savdo qiladi. Pul birligi — Slovakiya kronasi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Maorifi boshlangʻich va oʻrta maktab taʼlimidan iborat. 614 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Kasb taʼlimi oʻrta hunartexnika maktablarida beriladi. 14 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Bratislava universitetы, Slovakiya oliy texnika maktabi, Oliy iqtisodiy maktab, konservatoriya — hammasi Bratislavada; P. Shafarik nomidagi un-t, Oliy veterinariya maktabi, Oliy texnika maktabi — Koshitseda; Oliy transport maktabi — Jilinda va b. Asosiy ilmiy muassasasi — Slovakiya FA. Bratislavada Virusologiya inti, payvandlash va ped. ilmiytadqiqot intlari va b., Jilinda gidrologiya i. t. markazi va geol. mahkamasi, Martinda Slovakiya matitsasi (madaniy-maʼrifiy markazi) bor. Yirik kutubxonalari: S. matitsasi kutubxonasi (1863), Bratislavadagi un-t kutubxonasi (1919), Koshitsedagi Davlat ilmiy kutubxonasi (1657) va b. Asosiy muzeylari: Bratislava va Martindagi Slovakiya milliy muzeylari, Koshitsedagi Sharqiy Slovakiya muzeyi, BanskaBistritsadagi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni muzeyi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: «Pravda» («Haqiqat», slovak tilida chiqadigan mustaqil kundalik gaz., 1920-y. dan), «Glas lyudu» («Xatq ovozi», slovak tilida chiqadigan kundalik gaz., 1954-y. dan), «Narodna obroda» («Milliy tiklanish», slovak tilida chiqadigan kundalik gaz., 1990-y. dan), «Rolniske novini» («Dehqonlar gazetasi», slovak tilida chikadigan kundalik gaz., 1946-y. dan), «Smena» («Oʻrinbosar», slovak tilida chiqadigan kundalik yoshlar gaz., 1948-y. dan), «Uy so» («Yangi soʻz», venger tilida chiqadigan kundalik gaz., 1948-y. dan), «Beseda» («Gurung», slovak tilida chiqadigan haftanoma, 1990-y. dan), «Vecher» («Oqshom», slovak tilida chiqadigan kechki gaz., 1990-y. dan). S. Respublikasi telegraf agentligi, axborot mahkamasi, 1992-y. tuzilgan. Slovakiya radiosi 1926-y. dan, televideniyesi 1956-y. dan ishlaydi.

Adabiyoti. Slovakiya yozuvining paydo boʻlishi akauka Kirill va Mefodiylarning Buyuk Moraviya davlati hududidagi faoliyati bilan bogliq (9-a. ning 2-yarmi). Qad. adabiyot insonparvarlik va ozodlik ruxi bilan sugʻorilgan. 17 — 18-a. lardaYa. Vavrines, M. Rakovskiy, Sh. Pilarik va G. Gavlovich kabi yozuvchilar ijod qildi. Milliy uygʻonish boshlanishi bilan Maʼrifatparvarlik adabiyoti rivojlandi (18-a. oxiri — 19-a. boshlari). Yozuvchi Y. Bayza, Yu. Fandli, filolog A. Bernolak bu davrning tanikli vakillaridir. B. Tablis va Ya. Golliy sheʼriyatida, Ya. Xalulka dramaturgiyasida, P. Y. Shafarik va Ya. Kollar adabiyilmiy faoliyatida slavyanlar birligi ifodalangan. 19-a. 40—70y. larida milliy ozodlik harakatining gʻoyaviy rahbari L. Shtur boshliq inqilobiy romantiklarning ijodida vatanparvarlik gʻoyalari folklor anʼanalari usulida targʻib qilindi. Y. Zaborskiy nasri va dramaturgiyasida, P. Gvezdoslav, S. Vayanskiy, M. Kukuchin nazmi va nasrida realizm uslubi qiyomiga yetkazildi. 20-a. boshlarida slovak moderni deb atalgan adabiy guruh (I. Krasko, V. Roy, I. Gall) shakllanib, realizm, modernizm, simvolizm ijodiy prinsiplarini umumlashtirdi. F. Kral, L. Ondreyov, Ya. Yesenskiy nasri, Ya. Ponichan nazmi tanqidiy realizmning yuksak namunalaridir. 2-jahon urushidan keyin xalqning fashizmga qarshi kurashi tarixi va yangi hayot qurilishi muammolari adabiyotning yetakchi mavzui boʻldi. F. Gechko, R. Yashik, A. Bednar, K. Lazareva, V. Minach romanlari, A. Plavka, P. Gorov, V. Migalik, Ya. Kostra sheʼrlari 20-a. ning 2-yarmidagi eng mashhur asarlardir.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Slovakiya hududida Qad. Rim imoratlarining krldiklari saqlanib qolgan. Diniy inshootlar va roman uslubidagi qasrlar (Nitradagi 1200-y. ga oid avliyo Emeram bazilikasi, 12-a. ga oid Skalitsadagi 2 yarusli kapellarotonda, 1228-y. ga oid Dyakovsa, 12-a. ga oid Drajovsa cherkovlari, 12-a. ga oid Oravskiy qasri va b.) slovak meʼmorligining dastlabki obidalaridir. 14 — 15-a. larda gotika uslubi urf boʻldi (Koshitsedagi kafedral sobor, 1382 — 1499; Bratislavadagi soborlar, 14—15-a. lar va b.). 16-a. da Uygʻonish davri meʼmorligi tarkala boshladi (BanskaBistritsadagi ratusha, 1510; Preshov, Levoch, Bardeyov va b. joylardagi uyjoy binolari). 17—18-a. larda barokko uslubi, ayniqsa, sezilarli iz krldirdi. Bratislavadagi Troitsa cherkovi (1717—35), ilk klassitsizm nishonalari boʻlgan Bosh saroy (1778—81, meʼmor M. Gefele), Koshitsedagi ratusha (1756) shu jumlaga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida zamindorlarning hovlijoylari, shahar va qishloqlar qurilishida klassitsizm, 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida modern uslubi ustun boʻldi. Turar joylar va cherkovlar yogʻoch, tosh va pishik, gʻishtdan qurildi. 20-a. ning 2-yarmi qurilishida zamonaviy materiallardan foydalanildi (Bratislavadagi Oliy texnika maktabi binosi, Dunay ustidagi koʻprik, «Kiyev» mehmonxonasi va b.).

Slovakiya hududida ibtidoiy sanʼat yodgorliklari (paleolit davriga xos ayollar haykalchalari, neolit sopoli, frakiy, skif, kelt, qad. slavyan va b. qabilalardan qolgan buyumlar) saqlangan. 4-a. ga oid qabrlardan jez anjomlar, oltin va kumush buyumlar topilgan. 14—15-a. lar rang-tasvir asarlari (SpishskaKapituldagi avliyo Martin cherkovi, 1317) diqqatga sazovor. 16-a. boshlarida Uygʻonish davri, 17-a. da barokko sanʼati rivojlandi. 19—20-a. larda Y. Chausig, K. Libay, V. Klimkovich, Y. Ganula, L. Chordak, F. Uprka, M. Benka, O. Dubay kabi rassom va haykaltaroshlar ijod qildilar. Zamonaviy tasviriy sanʼat ustalari orasida V. Glubuchek, Ya. Kulix, Y. Kuzma, Ya. Yanoshka va b. larni koʻrsatish mumkin.

Musiqasi. Slovakiya xalq musiqa ijodiyoti janrlarga boy. Ular orasida epik, sevgi, diniy va marosim qoʻshiqlari, balladalari uchraydi. Koʻshiqlar bir ovozli, 4 va 5 tovushkatorli diatonikaga asoslangan. Frishka va odzemok raqslari mashhur. Cholgʻu asboblari — fuyara, choʻpon naylari, gayda va b. 9—10-a. larda professional musikaning ilk shakllari (cherkov aytimlari),15-a. dan koʻp ovozli musiqa paydo boʻldi. Milliy kompozitorlik maktabining asoschisi Ya. L. Bella «Takdir va ideal» simfonik poemasi (1878), «Temirchi Viland» operasi (1890)ni yaratdi. 20-a. boshlarida turli opera va xor jamoalari tuzildi. 1919-y. tashkil etilgan musika maktabi 1928-y. Musiqa va drama akademiyasiga, 1941-y. konservatoriyaga aylantirildi. Bratislavada slovak kamer orkestri (1960), Oliy nafis sanʼat maktabi (1949) tashkil topdi. Kompozitorlar E. Suxon, A. Moyzes, dirijyorlar L. Slovak, L. Rayter, pianinochilar M. Karin, K Gavlikova, P. Toperser, skripkachilar A. Moji, T. Gashparek, xonandalar Yu. Martvon, E. Kitnarova, G. Benyachkova mashhur.

Teatri. 12-a. da yokulyator deb ataladigan xalq akterlari tomoshalar koʻrsatishgan. 15—16-a. larda Brezno, BanskaShtyavnitsa va b. joylarda maktab dramasi paydo boʻldi. 17—18-a. larda xalq teatri tashkil topib, unda diniy mavzudagi pyesalar qoʻyildi. Slovakiyada professional teatr sanʼatining vujudga kelishida havaskorlik toʻgaraklari muhim rol oʻynadi. 19-a. ning 1-yarmida havaskorlarning drama toʻgaralari tuzila boshladi, ular U. Shekspir, F. Shiller, N. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 1890-y. Martinda qurilgan Milliy uy sahnasida mahalliy mualliflardan Ya. Xalupka, Ya. Palarik, P. Gvezdoslav, Y. Tayovskiy pyesalari qoʻyildi. 1920-y. Bratislavada birinchi slovak professional teatri barpo etildi. 20-a. ning 2-yarmida Bratislava, Jilin, Koshitse, BanskaBistritsa, Preshovda yangi teatrlar ishlay boshladi. Y. Budskiy, I. Lixard, T. Rakovskiy kabi rej. lar, M. Kralovichova, K. Maxata, Yu. Pantik, M. Gregor kabi aktyorlar mashhur. Teatr kadrlari Bratislavadagi Oliy teatr maktabida tayyorlanadi.

Oʻzbekiston — S. munosabatlari. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997-y. yanv. da Slovakiyaga qilgan tashrifi chogʻida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar OʻzR bilan Slovakiyaning oʻzaro hamkorligi uchun huquqiy asos yaratdi. Bu hujjatlar orasida oʻzaro munosabat va hamkorlik asoslari toʻgʻrisidagi shartnoma, sarmoyalarni oʻzaro qimoyalash va ragʻbatlantirish hamda savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik haqidagi bitim alohida oʻrin oladi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston — S. munosabatlari hukumatlar, parlamentlar, ekspertlar, tadbirkorlar darajasida rivojlanib keldi. Oʻzbekiston — S. hukumatlararo qoʻshma komissiyasi ishlay boshladi. Ana shularning natijasi oʻlaroq ikki tomonlama tovar aylanmasi 2002-y. 8,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2003-y. martda S. Prezidenti R. Shusterning Oʻzbekistonga tashrifi natijasida imzolangan ikki tomonlama soliq solish va mulkdan keladigan daromaddan soliqtoʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Slovakiya «Eksibank»i oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlari ni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: SLOVAKIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
ROSSIYA
POKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты