ShEVCHENKO Taras Grigoryevich

ShEVCHENKO Taras Grigoryevich [1814.25.11(9.3), hoz. Cherkassk viloyati Zvenigorod tumani — 1861. 26.2(10.3), Peterburg] — ukrain shoiri va rassomi. 14 yoshidan pomeshchik P. V. Engelgardtning dastlab Vilshan qishlogʻi, soʻng Vilno, 1831-yildan Peterburg shaharlaridagi uyida rassom chifatida tarbiyalangan. Shevchenko 1836-y. rassom I. S. Soshenko va u orqali K. P. Bryullov, V. I. Grigorevich, V. A. Jukovskiy singari taniqli rus rassom va adabiyotchilari bilan tanishgan. 1838 yil Bryullovning kimoshdi savdosida topgan puli evaziga krepostnoylikdan ozod etilgan. Shu yil Badiiy akademiyaga qabul qilingan Shevchenko tasviriy sanʼat sirlarini egallash bilan birga ilgor va kurashchan dunyoqarashli ijodkor sifatida shakllangan.

Shevchenkoning ilk balladasi 1838-yilda eʼlon qilingan. Uning 1840-yil Peterburgda nashr etilgan «Qoʻbuzchi» sheʼriy toʻplami ukrain adabiyoti tarixida yangi davrning boshlanganidan darak beradi. Shevchenkoning romantik ruh bilan yoʻgʻrilgan ilk ijodida ballada, qoʻshiq va «oʻylar» ustuvorlik qiladi. «Katerina» (1838) singari dastlabki sheʼr va dostonlarida krepostnoy voqelikka boʻlgan norozilik kayfiyati yaqqol ifodalangan. Shevchenko ijodining shoh namunalaridan biri — «Gaydamaklar» (1841) dostonida ukrain xalkining 1768-yilda polyak feodallari zulmiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni tasvir etilgan. Shevchenko 1842—43 yillarda rus tilida «Nikita Gayday» dramasi, «Koʻr qiz» va «Isteʼdodsiz» dostonlarini, rus va ukrain tillarida esa «Nazar Stodolya» (1843) dramasini yozgan.

Shevchenko 1843-yil mayida Ukrainaga kelib, ukrain xalqi hayoti bilan yaqindan tanishgan. U shu safar chogʻida koʻplab rasmlar yaratib, ularni «Ukraina manzaralari» (1844) albomida eʼlon qilgan. 1844-yil fev. da Peterburgga qaytgan Sh. Badiiy akademiyani «erkin sanʼatkor» unvoni bilan tugatib, 1845-yilda yana Ukrainaga kelgan. U Kiyev arxeologik komissiyasining rassomi sifatida Ukrainaning bir qancha viloyatlariga sayohat qilgan. Shevchenkoning 1843—45 yillarda yaratgan «Tush», «Kavkaz», «Dahriy», «Ukki», «Choʻri» singari dostonlardan iborat «Uch yil» toʻplami ukrain sheʼriyatining yangi janrlar bilan boyishi, unga siyosiy mavzularning kirib kelishiga zamin hozirladi.

Shevchenko 1847-yil apr. da «Uch yil» toʻplamiga kirgan sheʼrlari uchun qamoqqa olinib, Orsk qalʼasidagi Orenburg alohida korpusiga soldat sifatida yuborilgan. 1848-yil kapitanleytenant A. I. Butakov Shevchenkoni Orol dengizini tekshirish ekspeditsiyasiga rassom sifatida taklif etgan. Shevchenko mazkur safar paytida 350 dan ziyod akvarel portret va manzaralar yaratgan. Ammo 1850-yil apr. da Shevchenko yana qamoqqa olinib, Kaspiy dengizi boʻyidagi Mangʻishloq ya. o. ga joʻnatilgan. Shevchenko qattiq nazorat ostida boʻlishiga qaramay, 1851-yil geologik ekspeditsiya tarkibiga rassom sifatida jalb etilgan. Sh. Novopetrovskda qalʼa komendantining ijozati bilan rus tilida «Sozanda», «Egizaklar» (1855), «Baxtsiz» (1856), «Nashʼali sayr» (1858) singari qissalar yozgan. Ammo muallif bu asarlarini hayotlik paytida eʼlon qilolmagan. Nikolay I vafotidan keyin Shevchenko ozod etilgan va 1858-yil martida Shevchenkoga Peterburgda yashashi uchun ijozat berilgan.

Rossiya shu yillarda krepostnoylik huquqini bekor qilishga tayyorlanayotgan va inqilobiy uygʻonishlar davriga kira boshlagan edi. Krepostnoylik tuzumini isloh etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni koʻrgan Sh. xalqni hurriyatni inqilobiy yoʻl bilan qoʻlga kiritishga chaqiruvchi asarlar yozgan.

Shevchenko yangi ukrain adabiyotiga xalqning tarixiy taqdiri va kelajagi bilan bogʻliq gʻoya va obrazlarni olib kirgan, undagi realistik yoʻnalishga yangi hayot bagʻishlagan. Ayni paytda ukrain tilining milliy adabiy til sifatida shakllanishi va kamol topishida Shevchenko ijodi katta rol oʻynagan.

Shevchenkoning ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Toshkent shahrida unga haykal oʻrnatilgan, nomiga koʻcha qoʻyilgan.

As: Tanlangan asarlar, 1—2j., T., 1959 — 60; Katerina, T., 1964; Sochineniya, t. 1—4, M., 1977.

Ad.: Beleskiy A. I., Deych A. I., Taras Shevchenko. Kritikobiograficheskiy ocherk, M., 1964; Shevchenkovskiy slovnik, t. 1—2, Kiyev, 1976—77; Vospominaniya o T. Shevchenko, Kiyev, 1982.


Lotin alifbosida maqola: ShEVCHENKO Taras Grigoryevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ROSSIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YAPONIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты