SOMIY SHAMSUDDIN (1850.1.7, Yanya — 1904.1.6, Istanbul) — turk ensiklopedist olimi. Yunon, italyan, fransuz tillari, geogr., matematika, tarix, tibbiyot, kimyo tarixi boʻyicha mutaxassis. Istanbulda turli lavozimlarda ishlagan. Somiy Shamsuddin «Fransuzcha — turkcha lugʻat» (1j., 1882; 2j., 1888; 3j., 1901; 4j., 1905), «Qomus ulaʼlom» («Mashqur shaxslar krmusi») (1888—99 y. lar, 6 jildli), «Qomusi turkiy» (2 jildli), «Qomusi arabiy» va b. kitoblar muallifi. Asarlari jahon fani taraqqiyotida muhim oʻrin egallaydi.