SOTIMOV Noʻmon Yunusovich (1939.15.12, Andijon) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1977), prof. (1978). Moskva un-tini tugatgan (1962). Oʻzbekiston FA Matematika in-ti aspiranti, kichik ilmiy xodim (196268). ToshDU da katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1968—74). Moskvadagi Matematika in-tida katta ilmiy xodim (197476). 1976-y. dan ToshDU (hoz. Oʻzbekiston milliy un-ti)da dotsent, prof., dekan (1985 — 87), kafedra mudiri (1976-y. dan). Ilmiy ishlari differensial tenglamalar, optimal boshqaruv va ziddiyatli jarayonlar nazariyasiga oid. Optimal boshkaruv nazariyasida Bellman tenglamasi yechimlarining differensiallanuvchilik xossasini tadqiq etgan. Ziddiyatli jarayonlarga mansub taʼqib etish masalasini yechish usulini yaratgan; uchrashuvdan chetlashish masalasi yechimining mavjudligi uchun yetarli shartlar taklif etgan. Kompleks differensial tenglamalar bilan ifodalangan boshqariluvchi jarayonlarni oʻrganish nazariyasiga muqim hissa qoʻshgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).
As: Metodы resheniya zadachi ukloneniya ot vstrechi v matematicheskoy teorii upravleniya, T., 2000; Metodы resheniya zadachi presledovaniya v teorii differensialnыx igr, T., 2003.